boshqarishga tayinlanganligi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Tezkor tahlilning boshqa tahlil turlaridan (avrnqsa, joriy tahlildan) farqli tomoni shundaki, korxona faoliyati hamda undagi o ‘rganilayotgan jarayonlar bilan tezkor tahlil ketma-ket, ya ’ni o ‘tayaqin oraliqda amalga oshiriladi. Natijada sodir boiayotgan x o ‘jalik jarayonlari o"z vaqtida o ‘rganiladi. Y o ‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklami tuzatish qisqa va tez
muddatlarda amalga oshiriladi. Ushbu jihat esa mazkur tahlil turining ijobiy tomonini ko‘rsatib beradi. Hisob tizimining boshlang‘ich hujjatlari, tezkor hisob ma’lumotlari, kunlik ish faoliyati haqidagi statistik ma’lumotlar, sodir bo‘layotgan ja- ravonlami bevosita borib ko‘rish, o ‘lchash va ay rim hollarda suhbat- lashish natijalaridan o‘rganilgan ma’lumotlar tahlil uchun manbalar hisoblanadi. Mazkur tahlil turini nafaqat maxsus bilimga ega bo‘lgan iqtisodchi- lar, buxgalterlar yoki boshqa mutaxassislar, balki o ‘rganilayotgan x o ‘- jalik jarayonlariga daxldor va qiziquvchilaming barchasi amalga oshiri- shi yoki tahlil jarayonlarida qatnashishi mumkin. Masalan, ishchilar, texnik xodimlar, radio va televideniye xodimlari va hokazolar. Tezkor tahlilni boshqa tahlil turlaridan afzalliklari quyidagilar: - tahlil sodir bo‘layotgan x o ‘jalik jarayoni bilan ketma-ketlikda va bir-biriga yaqin oraliqda amalga oshiriladi; - y o ‘l qo^yilayotgan kamchiliklami o ‘z vaqtida tuzatish imkoniyati mavjudligi; - tahlil natijalari korxonalami tezkor boshqarish uchun asosiy man- baligi va shu kabilar. Boshqa tahlil turlari kabi tezkor tahlilda ham ba’zi kamchiliklar majud. Ularga quyidagilami kiritishimiz mumkin: