- ayrim hollarda tezkor tahlil ma’lumotlari juda ham aniq m a’lu motlar bo‘lmasligi mumkin; - tezkor tahlil natijasi oxirgi iqtisodiy natijalar m a’lumotlariga mos kelmasligi va shu kabilar. Tezkor tahlil vositasida korxonaning kunlik mahsulot ishlab chiqa- rishi, sexlar o ‘rtasidagi kunlik yoki soatlik ish unumi, qishloq x o ‘jaiigi korxonalarida kunlik paxta topshirish holati, yerlami shudgorlash va shu kabilar o ‘rganilishi mumkin. 5.5. Joriy tahlil Joriy (retrospektiv) tahlil doimo qo‘llaniladigan tahlil turi bo'lib, korxonalaming o ‘tgan hisobot davri faoliyatini batafsil o'rganishga qa- ratiladi. Demak, u hisobot yili yakunlangandan so‘ng amalga oshiriladi. Rejaning bajarilish holatini batafsil tadqiq etish tahlildagi asosiy va markaziy jihat sanaladi. Bunda korxonaning faoliyatini tashkil etgan barcha bosqichlar hamda obyektlar keng ko‘lamda o ‘rganiladi. Ularga quyidgilar kiradi:
- marketing, ta’minot, ishlab chiqarish, realizatsiya bosqichlari va ularning o ‘zaro uzviy hamda uyg‘unligi holatiga; - bozorda korxona mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif holati, kor xona mahsulotlarining raqobatdoshligi qanday o ‘rganilganligiga; - uzoq muddatli (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar) va joriy ak- tivlardan (tovar-moddiy zaxiralar) foydalanish darajasiga; - mehnat resurslaridan foydalanish darajasiga; - ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotlar tannarxi holatiga; - mahsulotlami sotish natijalariga; - xarajat, hajm va foydaning o ‘zaro aloqadorligi natijalariga; - moliyaviy natijalar va rentabellik ko‘rsatkichlari o‘rganiladi; - m oliyaviy holat, barqarorlik va salohiyat ko‘rsatkichlariga baho