‘zbek ist0n respublikasi oliy va ‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 7,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/146
tarix27.08.2023
ölçüsü7,18 Mb.
#140689
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   146
Iqtisodiy tahlil

5.1- ja d va l
Istiqbolli iqtisodiy tahlil hamda uning o‘ziga xos jihatlari
t/ г
Belajilari
Istiqbolli (P e rsp e k tiv ) tah lil
1.
M aqsadiga qarab
X o ‘ja lik subyektlar rahbariyatini istiqbolli boshqaruv 
qarorlari qabul qilish uchun zarur axborotlar bilan 
ta ’m inlash
2.
K o ‘rsatkichlar tizim iga qarab
A sosan m oliyaviy k o ‘rsatkichlar (foyda, tannarx, pul 
m ablag‘lari harakati ko'rsatkichlan kabilar)
3.
A xborot m anbalariga qarab
X o ‘ja lik subyektlam ing bir necha yillik m oliyaviy 
hisoboti shakllari va boshqa iqtisodiy axborotlari, 
shuningdek, taxminga asoslangan axborotlar
4.
0 ‘tkazish usullariga qarab
Joriy tahlil usullari hamda korrelyatsion-regression, 
statistik va taxminlash kabilar
5.
M uddatiga qarab
3-5 va undan ko‘p yillik m a’lum otlar asosida
6.
Foydalanuvchshar doirasiga 
qarab
A sosan x o 'jalik subyektlari rahbarlari uchun
7.
A vtom atlashtirshi darajasiga 
qarab
A n iq avtom atlashtirishni talab qiladi. Bunda maxsus, 
m urakkab kompyuter dasturlaridan foydalaniladi


Mazkur tahlilning muhim xususiyati shundaki, u o‘tgan davr iqti­
sodiy - moliyaviy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish asosida ularga kelgusida 
ta ’sir etuvchi omillami aniqlash imkonini beradi. Bunda istiqbolli tah­
lilni tashkil etishda joriy tahlil va istiqbolli taxminlash elementlaridan 
samarali foydalanish lozim.
5.2-chizma. Xo‘jalik subycktlarida istiqbolli iqtisodiy tahlilni amalga
oshirish bosqichlari.
Taxminlash istiqbolli iqtisodiy tahlil o'tkazishning muhim bosqichi 
hisoblanib, u kelgusi tahlil, boshqaruv jarayoniga ta’sir etuvchi omillar 
tahlili, iqtisodiy rivojlamshning muqobil variantlaridan eng samaralisini 
tanlab olish orqali amalga oshiriladi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning asosiy vazifalaridan biri istiqbolga 
m oijallangan investitsiva qarorlarini qabul qilishdagi xatoliklami bar- 
taraf etishdan iborat. Shuningdek, mazkur tahlil quyidagilami baholash 
imkonini beradi:
- xo‘jalik subyektlarining mulkiy holati;
- tadbirkorlik riski darajasi;
- uchinchi shaxslar oldidagi majburiyatlami bajarish imkoniyati,
- joriy va uzoq muddatli investitsiyalar uchun kapital yetarliligi,
- qo‘shimcha moliyaviy manbalarga ehtiyoj;


- kapitalni k o ‘paytirish imkoniyati;
- qarz m ablag‘larining oqilona tarzda jalb etilishi tahlili;
- foydani taqsimlash va ishlatilishining asoslanganligi;
- investitsiyalami y o ‘naltirishning maqsadga muvofiqligi.
Keng m a'noda istiqbolli iqtisodiy tahlildan quy idagi maqsadlarda 
foydalanish mumkin:
- qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiya qarorlarining maq­
sadga muvofiqligini asoslashda;
- investitsiya faoliyatini boshqarish sifatini baholashda;
- kelgusi natijalami taxminlash usuli sifatida.
Istiqbolli iqtisodiy tahlil natijalari oqilona strategik boshqaruv qa- 
rorlari qabul qilishda muhim m a’lumotlar manbavi hisoblanadi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi istiqbolli rejalarga asos­
langan holda ularning bajarilish imkoniyatlarini baholash hisoblanadi. 
Ushbu tahlil turi istalgan faoliyat sohasining muhim iqtisodiy-moliyaviy 
ko'rsatkichlanni kompleks qamrab oladi, chunki bir tomonlama istiq­
bolli tahlil xo‘jalik subyektlarining iqtisodiy samaradorlikka erishishi- 
dagi mavjud muammolami to ‘liq ifodalash imkonim bermaydi.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilning boshqa tahlil turlaridan asosiy farqi uni 
tashkil etishda x o ‘jalik subyektlaming bir necha yillik ma'lumotlaridan 
foydalanishdir. Bu esa hisob-kitob jarayonini murakkablashtiradi. Shu 
sababli urn tashkil etishda iqtisodiy-moliyaviy jarayonlami modellashti- 
rish usullaridan unumli foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Istiqbolli iqtisodiy tahlilda xo‘jalik subyektlari faoliyatining uzluk- 
sizligi va iqtisodiy yashovchanligini tavsiflovchi asosiy moliyaviy 
ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat:
- xo‘jalik subyektlarining ishbilannonlik faolligi ko‘rsatkichlari;
- joriy to ‘lovga layoqatlilik ko‘rsatkichlari;
- uzoq muddatli to io v g a layoqatlilik ko‘rsatkichlari.
Ushbu ko‘rsatkichlaming pasavishi xo‘jalik subyektlarining moliya­
viy jihatdan barqaror emasligidan dalolat beradi.
X o‘jalik subyektlarining ishbilarmonlik faolligi ko‘rsatkichlari pa- 
sayishiga quyidagi omillar ta’sir etadi:
- mahsulotlar sotishdan olinadigan tushumning kamayishi;
- sotish su r’atlari o ‘sishining hisobot davri bo‘yicha beqarorligi;
- tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi va ishlab chiqarish zaxira- 
larining kamayishi;
- iste’mol qilinadigan resurslar miqdorini ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotlarga nisbatan oshib ketishi;


- aylanma aktivlaming ishlab chiqarish zaxiralari tarkibida b o iish
muddatining oshishi;
- ishlab chikarish sikli va tayyor mahsulotni omborda saqlash mud­
datining cho‘zilishi;
- pul m ablagiarining harakatsiz qolish muddatining uzayishi;
- daromad keltirmaydigan aktivlar qiymatining asossiz ravishda or- 
tishi;
- ishlab chiqarishdagi va muomaladagi aylanma aktivlar nisbatidagi 
mutanosiblik.
Xo‘jalik subyektlarining o£z majburiyatlarini kelgusida bajara ol- 
masligi quyidagi ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi:
- sof aktivlar va ustav kapitalining noqulay nisbati;
- uzoq muddat zarar bilan ishlash holatining yuzaga kelishi;
- kapital zaxiralarining kamayishi;
- hisobot davri oxirida xo‘jalik subyektlari kapitali narxining yil bo- 
shidagi ko‘rsatkichlarga nisbatan oshib ketishi;
- aktivlar rentabelligi va xo‘jalik subyektlari kapitali bahosining no- 
maqbul nisbati;
- foiz xarajatlarini qoplash koeffitsiyenti qiymatining kamayishi 
(maijinal foydaning to io v bo‘yicha foizlar summasiga nisbati);
- xarajatlar rentabelligining sezilarli darajada kamayishi (soliqlar va 
foizlarni hisoblab ajratishgacha b o ig an foydaning xo‘jalik subyektlar 
xarajatlariga nisbati) ko‘rsatkichlari.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan xo‘jalik subyektlari iqtisodiy yashov- 
chanligi ko‘rsatkichlari guruhlari o‘zaro b o g iiq b o iib , faoliyat k o iam i- 
ning qisqanshi joriy va uzoq muddatli tashqi majburiyatlarni bajarishda 
moliyaviy qiyinchiliklaming yuzaga kelishi. ishbilarmonlik faolligining 
susayishi iqtisodiy subyektning bankrotlik holatiga tushishiga olib 
keladi.
Demak. istiqbolli tahlil yordamida korxonaning kelgusidagi iqtiso- 
diy-ijtimoiy natijalarining strategiyasini belgilab olish, boshqaruvni 
yuqori darajaga ko‘tarish imkoniyatlari paydo bo iad i. Bundan tashqari, 
korxonani iqtisodiy-ijtimoiy natijalarini fan-texnika taraqqiyoti bilan 
bog iagan holda, kelgusida milliy iqtisodiyotni ijtimoiy-iqtisodiy rivojla­
nish strategiyasini ko‘rsatib berishi mumkin boiadi.
Istiqbolli tahlil korxonalar faoliyatini avvaldan ko‘ra bilish yoki 
prognozlashtirish deb ham qaraladi.


Korxona faoliyatidagi y o ‘nalishlarga ko‘ra bugungi kunda opera- 
tsion tahlil, investitsiya tahlili, innovatsiya tahlili, moliyaviy tahlil kabi 
tahlil turlari yuzaga chiqib, tabora rivojlanib bormoqda. Bu esa har bir 
alohida ko‘rsatib o‘tilgan yo‘nalishlar bo‘yicha tahlilni batafsil o ‘tka- 
zishni talab qiladi. Shu bilan birgalikda korxona faoliyatining barcha 
y o ‘naiishlari, obyektlari va mablag‘ aylanish bosqichlarini bir-birlari bi­
lan uzviy bog‘liqlikda o‘rganish boshqaruv ehtiyojlari uchun zarur. Kor­
xona faoliyatini batafsil va har tomonlama o ‘rganish bilan taktika va 
strategiyani olib borishda eng muhim hamda asosiy bo‘lgan k o ‘r- 
satkichlar (omillar) tizimi ishlab chiqiladi.
Boshqaruv maqsadidagi xo‘jalik faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlil 
etishning metodik jihatdan tashkiliy bosqichlari quyidagilardan iborat:
- kompleks iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarini aniqlash;
- qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ko‘rsatkichlar y ig ‘indisi- 
ning asosliligini har tomonlama tahlil etish;
- kompleks iqtisodiy tahlil o ‘tkazish bosqichlarini belgilash;
- kompleks iqtisodiy tahlil o'tkazish muddatlarini belgilash;
- tahlilni tashkil etish bosqichlarini ishlab chiqish va xizmat bo‘lim- 
lari bo‘yicha vazifalarning taqsimlanishi;
- tahlil natijalarini rasmiylashtirish va ularni baholash;
- analitik ishning mehnat sig‘imini baholash, tahlil natijasining sa- 
marasini jam i ash.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning maqsad va va- 
zifasi avvalo korxonani ichki xo‘jalik muommolarini yechishga, y a ’ni 
faoliyat natijaviyligi hamda uning iqtisodiy potensialini tashkil etuvchi 
resurslar, kapitaldan foydalanishga daromad, foyda kompaniya qiymatini, 
aksionerlaming aksiyadan oladigan daromadlarini oshirishga qaratilgan.
Korxona iqtisodiy holatini kompleks tahlil qilishning ayrim o ‘ziga 
xos xususiy atlari:
- tahlil natijalari korxonaning o ‘z maqsadlari va manfaatlariga xiz­
mat qiladi;
- tahlil o ‘tkazishda barcha turdagi manbalardan, shu jumladan, ish­
lab chiqarish hisobi m a’lumotlaridan ham keng foydalaniladi;
- tahlil o‘tkazishni davlat boshqaruv organlari tomonidan cheklan- 
maganligi;
- tahlil kompleks tarzda korxona faoliyatining barcha tomonlari bir- 
biri bilan uzviy bog‘langan holda amalga oshiriladi;


- tahlil natijalari sir saqlanadi.
Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilining asosiy vazifalari:
1) ko‘rsatkichlami bazis davridan farqlanishiga ijobiy va salbiy 
ta’sir etuvchi omillami o‘rganish;
2) xo‘jalik faoliyati samaradorligini obyektiv ravishda baholash;
3) biznes-rejani ilmiy jihatdan asoslanganligi, uning bajarilishini na- 
zorat qilish;
4) mahsulot hajmini oshirish, uning tannarxini pasaytirish bo‘yicha 
foydalanilmagan ichki xo‘jalik rezervlarini aniqlash, o‘tkazilgan sinov 
natijalarini atroflicha o‘rganish va ulami umumlashtirish.
Chuqur va aniq, obyektiv tahliliy xulosalarga bir qancha turdagi ax- 
borot manbalariga ishlov berish orqali erishiladi. Iqtisodiy tahlil uchun 
ichki axborot manbalari muhim ahamiyatga ega. Ular tarkibiga quyi- 
dagilar kiradi:
- ta ’sis hujjatlari;
- asosiy vositalar va aylanma mablag‘lar tarkibi, ular qiymati, xo‘- 
jalik operatsiyalari hamda korxonaning daromad va xarajatlarini o ‘zida 
ifoda etuvchi dastlabki hujjatlar;
- texnik loyihalarga oid hujjatlar
- investorlar, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, qarzdorlar, emi- 
tentlar o‘rtasida bo‘ladigan munosabatlami ifodalovchi yuridik hujjatlar;
- buxgalteriya hisobining analitik m a’lumotlari;
- tezkor va statistik hisob ma’lumotlari;
- buxgalteriya hisoboti;
- nazorat organlarining dalolatnomalari, auditor va soliq inspek- 
siyalari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv xulosalari, tijorat banklarining 
dalolatnomasi;
- m e’yoriy hujjatlar;
- biznes-reja va hokazolar.
Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish uchun quyidagi tashqi manba- 
lardan ham foydalaniladi:
- davlatning iqtisodiy sohadagi siyosatini ifodalovchi siyosiy xarak- 
terdagi manbalar, masalan, tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilami 
soliq yukini pasaytirish orqali rag‘batlantirish yoki ayrim turdagi fao- 
liyatlami cheklashlami keltirish mumkin;
- ayrim turdagi tovarlar, xizmatlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlar, 
kredit stavkalari foizi, chet el valyuta kursining o ‘zgarishi, ayrim kom- 
paniya va tijorat banklari reytingi to ‘g ‘risidagi m a’lumotlar;


- mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, investorlar, kreditorlaming 
moliyaviy ahvoli to‘g ‘risidagi m aium otlar;
- rahbar lovozimdagi yuridik shaxslaming ishbilarmonlik v a shax- 
siy sifat ko‘rsatkichlarini ifodalovchi m aium otlar;
- gazeta, jum al, birja byulletenlari, televideniye va radio, internet 
m aium otlari va hokazo.
Tahlil manbalari guruhlarga ajratiladi, hisobotlarda aks etgan m a iu ­
motlar har tomonlama chuqur tekshiruvdan o‘tkazilib, so‘ng m aiu m o t- 
larga analitik ishlovlar beriladi.

Yüklə 7,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin