84
elektromotorlar, moylovchi-sovutuvchi
suyuqliklar, qirqish harorati,
tashqi
manba’lar (quyosh, issiqlik batareyalari) va boshqalar. Masalan, tokar-vint qirqar
stanogining qizish diagrammasi va stanokning issiqlik deformatsiyasi 4.10-rasmda
berilgan.
4.10-rasm. Stanokning qizish harorati va issiqlik deformatsiyasi.
Stanok 4-5 soat ishlagandan so‘ng ko‘rsatilgan nuqtalarda harorat
o‘lchangan: raqamlar nuqtalardagi haroratlardir.
Shpindel aylanish tezligi
1200ayl/min.
Ko‘rinib
turibdiki,
stanokning
barcha
qismlari
qizigan
va
deformatsiyalangan. Bu detalning o‘lcham va shakl aniqligiga ta’sir qiladi. Ta’sir
qilish ma’lum vaqtgacha (τ
o
) bo‘ladi. Qancha issiq qo‘shilsa, shuncha issiqlik
tarqalsa, ta’sir turg‘unlashadi (4.10-rasm, b).
Aniq misol tariqasida 4.11-rasmda stanokning markazlarda ishlash davridagi
qizishini oldingi babka siljishiga ta’siri ko‘rsatilgan. O‘lcham
va shakl aniqligi
pasayadi. O‘lchamga siljish ta’siri ikki marta ko‘p bo‘ladi, ya’ni xatolik 2 marta
katta bo‘ladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatdiki, patronda ishlaganda
gorizoital siljish
markazlarda ishlaganga nisbatan ko‘proq bo‘ladi va 17 mkm ga yetadi.