15
esa har yili 2 marta tozalash va ilik yog‗i bilan moylash kerak. Termometr
rezervuariga o‗ralgan batistni ham toza holda ushlab turish, doimiy
ishlatiladigan hollarda esa 2 haftada kamida 1 marta almashtirib turish
lozim.
4. Psixrometrning texnik holatiga javobgar shaxs maxsus jurnalda
uning foydalanishga tushurilgan muddati va unda yuzaga kelgan
nosozliklarni qayd qilib borishi kerak.
5. Psixrometr ventilyatorini yurgizuvchi mexanizm ishini har oyda
kamida 2 marta tekshirib turish lozim. Buning uchun undagi kalitni burab,
mexanizm prujinasi oxirigacha siqiladi va qalpoqchadagi maxsus darcha
orqali ventilyator barabanining har bir to‗la aylanish vaqti undagi
chiziqchali belgilar bo‗yicha sekundomer yordamida belgilab boriladi.
Mexanizm normal ishlaganida barabanning bir marta to‗la aylanishiga
ketgan vaqt 10 s dan oshmasligi kerak, agar tezlik ushbu ko‗rsatkichdan
katta farq qilsa, psixrometr aniqligi yo‗qolgan hisoblanadi va uni
ta‘mirlashga berish zarur bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: