18
ortishda,
tushirishda, yetiltirish joylarida taxlashda va tayyor mahsulotni
to‗plashda ko‗p marta ko‗chiriladi. Bularning hammasi juda ko‗p sonli
turli-tuman transport qo‗llashni talab etadi. Shunday qilib, korxonalarda
omborlar, uchastkalar va ish o‗rinlari o‗rtasida ishlab chiqarish aloqasini
amalga oshirib, transport ishlab chiqarish
jarayoni moddiy-texnika
bazasining organiq qismini tashkil etadi. Korxonalarning bir maromda
ishlashining shartlaridan biri ishlab chiqarish jarayonlarining transport
operatsiyalari bilan qat‘iy moslashuvidir.
Tashishlardan ko‗zda tutilgan maqsad va qo‗llanayotgan transport
vositalarining xarakteriga qarab, transportni vazifasi,
turi va ishlash
tamoyili bo‗yicha ajratiladi.
Transport vazifasiga qarab, tashqi va ishlab chiqarish ichki
transportiga bo‗linadi. Tashqi transport (temir yo‗lning harakatdagi tarkibi,
odatdagi va ixtisoslashtirilgan transport, dengiz va daryo kemalari,
transport aviatsiyasi) korxonani xomashyo, materiallar va yonilg‗i
bilan
ta‘minlaydi hamda tayyor mahsulot va ishlab chiqarish chiqindilarini
tashib ketadi. Ishlab chiqarish ichki transporti sexlararo, sex ichidagi va
ombor ichidagi transportga bo‗linadi.
Sexlararo transport (elektr aravachalar, avtomobil transporti,
ko‗targichlar, transportyorlar, osma yo‗llar)
korxona hududi chegarasida
turli sexlar va omborlar o‗rtasida yuklarni ko‗chirish uchun xizmat qiladi.
Sex ichidagi transport (elektr aravachalar va boshqa aravachalar,
ko‗targichlar, quvurlar, osma yo‗llar, transportyorlar) alohida sexlar
chegarasida texnologik operatsiyalarga muvofiq transport operatsiyalarini
bajarish uchun mo‗ljallangan. Ombor ichidagi transport (elektr va
avtoaravachalar,
taxlagichlar,
yuklagichlar,
osma
yo‗llar
va
transportyorlar) yuklarni qabul qilish va saqlash, berish va ko‗chirish bilan
bog‗liq bo‗lgan operatsiyalarni bajaradi.
Ishlatilish sohasi va ishlatishning o‗ziga xos xususiyatlariga qarab,
transport quyidagi turlarga bo‗linadi: temir yo‗l transporti (lokomotivlar,
ayrim yuk turlarini va sisternalarni tashish
uchun ixtisoslashtirilgan
vagonlar) ga, relessiz yuradigan transport (avtomobillar, traktorlar,
avtokarlar, elektrokarlar, yuk ortgichlar)ga, mexaniq transport (ko‗prikli
kranlar va to‗sin-balkalar, osma konteyner yo‗llari, lift, aravachalar,
quvurlar, novlar)ga, suv transportiga (barjalar, shatakchilar, katerlar,
chorvachilik mahsulotlarini tashish jihozlari)ga
va havo transporti
(transport aviatsiyasi) ga bo‗linadi.
Ishlash usuliga ko‗ra transport uzlukli-davriy ishlaydigan transportga
(temir yo‗l transporti, avtomobillar, elektr aravachalar, vagonetkalarga),
19
yuklarni ko‗chirish usuli bo‗yicha qo‗lda ishlatiladigan,
mexanik va
gidravlik transportga bo‗linadi.
Zavod ichki transportining ishini rejalashtirish yuk tashish yillik va
choraklik hajmlariga hamda yuk aylanmasi rejalariga asoslangan. Umumiy
yuk aylanmasi hajmidan kelib chiqib, tashqi va ichki yuk aylanmasi, turlari
bo‗yicha transport vositalariga bo‗lgan ehtiyoj, ortish-tushirish ishlari
hajmi aniqlanadi, ishchilar soni, ish haqi fondi va mehnat unumdorligi
hisoblanadi va h.k.
Dostları ilə paylaş: