Turk tilining nazariy grammatikasi. Xudayberganova Z, Hamidov X
morfologik shakllarning yig‘indisidan iborat bo‘lib qolgan. Demak, turk tilshunosligida tilga olingan so'z gumhlarining gapda bir sintaktik vazifani bajarishi e ’tirof etilgan. Natijada so‘zga atributiv munosabat bilan bqg'langan so‘zlar gap bo'lagi sifatida ajratilmagan. ___ Turk tilshunoslarining fikrlariga qaraganda, keltirilgan so'z guruhlari gap tarkibida bir gap bo‘lagi vazifasini bajarishga mo'ljallangan. Lekin yuqorida ko‘rib o'tganimizdek, ajratilgan so'z guruhlarining hammasi shakllan so'z birikmasi talablariga javob bermaydi, zero, juft, takroriy, qo‘shma so‘zlar birikuv usullariga ko'ra so'z birikmasining alohida turi b o ia olmaydi. Chunonchi, so'z birikmasi sifatida farqlanishi mumkin bo'lgan konstruksiyalarni gapda har doim bir gap bo'lagi vazifasida keladi, deb bo‘lmaydi. So'z birikmalarining ajralmas sintaktik konstruksiyaga aylanganlarigina bir gap bo'lagiga teng keladi. Turk tilshunosligidagi so'z guruh larining tasniflari va ularga bo'lgan yondashuv natijasida aniqlovchi gap bo'lagi tarzida tafovutlanmagan, tadqiq etilmagan. Holbuki, turk tilidagi manbalardan to'plangan misollar bu tilda aniqlovchi va uning ma’no turlarini ajratish uchun asos beradi. Shu bilan birga, turk tilshunosligida qayd etilgan ushbu vaziyat boshqa gap bo'iaklarining 156
tavsifiga ham ta’sir qiigan, natijada so'z guruhJarining ega, kesim, ikkinchi darajali gap boiaklari vazifasida kelishi qayd etiigan.__ ___ Nazorat uchun savollar 1. «Grammatika». «sintaksis», «morfologiya» atamalarini izohlang. 2. Sintaksisning asosiy tadqiq obyektlari haqida ma’lumot