Turk tilshunoslarining tadqiqotlari tahlil qilinganida, sintaksisning o ‘rganish obyekti sifatida ikki til birligi - gap (ciimle) hamda so'z guruhi (kelime grubu, kelime obegi) tilga olinadi. 0 ‘zbek tilshunosligida esa. ma’lumki. sintaksis doirasida gap hamda so‘z birikmasi tadqiq etiladi. Mantiqan qaralganida, "so'z birikmasi” va “so‘z guruhi” sintaktik birlik sifatida mutanosib b oim og‘i darkor, ammo «kelime gruplari» - so‘z guruhlari atamasi ostida beriluvchi til birligini tasniflash, ta’riflashda farqli yo'nalish asosida ish ko'rilishi ma’lum bo'ladi. Turk tilshunosligida ikki va undan ortiq so’zlarning qo'snimcha. yordamchi so'zlar yoki ohang yordamida birikishidan hosil bo‘ladigan. tugallanmagan hukm bildiruvchi, gap tarkibida bir gap bo‘lagi vazifasini bajaruvchi til birligiga «so‘z guruhi» nomi beriladi. Bunda quyidagi farqlar namoyon bo'ladi: 0 ‘zbek tilida so‘z birikmasi kamida ikki mustaqil ma’noli so‘zdan tashkil topmog‘i lozim. Turk tilida so'z guruhi ixtiyoriy ikki so'z turkumiga kiruvchi so'zlardan («mustaqil so‘z + mustaqil so'z» yoki «mustaqil so‘z + yordamchi so‘z» shaklidan) iborat bo'ladi. So‘z guruhi har doim ajralmas sintaktik konstruksiya hisoblanadi, ya’ni so'z guruhlari gapda bir gap bo'lagi vazifasida keladi. Turk tilida so'z guruhlarining ba’zan sakkiz (T.Banguo'g'lu), asosan o'n to’rt turi (L.Karaxan) borligi ilgari surilsa-da, ba’zi ishlarda so'z guruhlarining o'n yettitagacha (M.Ergin) tipi tilga olinadi. Masa lan, E.Yaman so'z guruhining quyidagi o'n to'rt turini tasniflaydi: ot birikma (isim tamlama), sifat birikma (sifat tamlama), sifatdosh guruhi (sifatfiil grubu). ravishdosh guruhi (zarffiil grubu), harakat nomi