dan tarkib topishi bilan so‘z birikmasi yoki gap shaklida boisa-da, ular nutq biriigi bo‘lgan bu birikmalardan tamoman farqlanadi va lug'aviy birlik sifatida ko‘p jihatdan so‘zlarga yaqin turadi, Masalan, bdu kopmak - o ‘takasi yorilmoq iborasi ikki so zdan iborat, lekin «qo'rqmoq» ma’nosida bir so‘zga teng. So‘z birikmalarining tuzilishiga ko‘ra turlari Turk tilidagi so'z birikmalari tarkibidagi so'zlar miqdoriga ko'ra ikki xil bo'ladi: 1. Oddiy so ‘z birikmasi. 2. Murakkab so ‘z birikmasi. Oddiy so'z birikmasi odatda ikki so'zdan tashkil topgan bo'ladi. Shu bilan birga, juft so'zlar, takroriy so'zlar, orttirma darajadagi so'z lar, qo'shma so'zlar, tobe so'z vazifasidagi iboralar ham bir so'zga teng deb olinadi. Masalan: ilging olay - qiziqarli voqea - o t + ot en buyuk in$aat - eng katta bino - orttirma darajadagi sifat + ot hizli hizli gitmek - tez-tez ketmoq - takroriy ravish + ot soztine bagh dost — so ‘zida turadigan do ‘st - ibora + ot gabuk gidivermek — tez ketib qolmoq - ravish + qo ‘shma fe 7 ayakkabi dolabi - oyoq kiyim shkafi - qo ‘shma ot + ot Murakkab so'z birikmasi uch va undan ortiq mustaqil ma’noli so'zlardan iborat bo'ladi. Bunday so'z birikmalari yana kamida ikki so'z birikmasini yuzaga keltiradi. Masalan, kirmizi kazakh esmer kiz - qizil sviterli qoracha qiz birikmasi murakkab birikma bo'lib. uning tarkibida ikkita oddiy birikma mavjud: kirmizi kazakh kiz - qizil sviterli qiz; esmer kiz - qoracha qiz