Turk tilining nazariy grammatikasi. Xudayberganova Z, Hamidov X
guruhi (isimfiil grubu), takror guruhi (tekrar grubu), bog'lovchili so'z guruhi (baglama grubu), ko'makchili so'z guruhi (edat grubu), unvon guruhi (unvan grubu), qo'shma ot (birle§ik isim), undov guruhi (unlem grubu), son guruhi (sayi grubu), qo'shma fe’l (birle§ik fiil), qisqartma guruhi (kisaltma grubu). So'z guruhlari, demak, umuman, ikki so'zning ohang yoki turli grammatik vositalar yordamida birikishidan hosil bo'lgan birliklarni qamrab oladi hamda sintaksisning o'rganish obyekti hisoblanadi. Holbuki, qo'shma ot va qo'shma fe’l, so'zlarning 155
takroriy hamda juft shakllari morfologik sathda o‘rganilishi zarur, ko'makchili so‘z guruhi gapdagina reallashuvchi sintaktik hodisa bo' lib, uni alohida so‘z guruhi turi sifatida ajratish talab qilinmaydi va hokazo. Yuqorida keltirilgan tasnifdan ayon bo'ladiki, o'zbek tilidagi so‘z birikmalariga mos keladigan so‘z guruhlari ikkita - ot birikma va sifat birikmadir. Bu birikmalarning turini aniqlashda har ikki tilda bir- biriga zid mezonga asoslanadi. O'zbek tilida ma’nosi izohlanayotgan so'z - hokim so‘z birikmaning turini belgilab beradi, turk tilida esa, aksincha, izohlayotgan so‘z - tobe so‘zga qarab birikmaning turi aniqlanadi. Masalan, go‘zal qiz - giizel kiz birikmasi o'zbek tilshunosligida otli birikma hisoblansa, turk tilshunosligi nuqtai nazaridan sifat birikmadir. A.N.Baskakov asosli ta’kidlaganidek, turk tilidagi so‘z guruhlari yoki birikmalari tasniftarida, morfologik va sintaktik kategoriyalarni qorishtirib yuborish holatlari ko'zga tashlan- adi. Tasniflarning muayyan m e’yorlarga asoslanmaganligi sababli bi rikmalar yoki so‘z guruhlari tasnifi turli sintaktik konstruksiyalar va