6-BOB. OSIYO ETNOLOGIYASI
Old Osiyo.
G‘arbiy yoki Old Osiyo Kichik Osiyo va Arabiston
yarimorollaxi, 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohili, Mesopotamiya va
0 ‘rta Sharqiy (Eron va Afg‘oniston) hududlarini ham o‘z ichiga ola-
di. Aholisi 200 milliondan ko‘proq.
Old Osiyo
hududining talay qismi
yarimcho‘l, cho‘l, tog‘lar qisman
vohalardan iborat. Faqat tog‘li vo-
halar, shuningdek, 0 ‘rtayer, Qora
va Kaspiy dengizlari sohillarida
iqlim nam subtropik. Sersuv daryo
lar faqat Frot va Dajlalardir. Bu
mintaqada tabiiy sharoit qadim zamonlardan qulay bo‘lib,
aholi zich
yashaydi. Cho‘] va tog‘li hududlarda aholi nisbatan siyrak joylash
gan, Old Osiyo davlatlariga: Afg‘oniston, Bahrayn, Isroil, Iordaniya,
Iroq, Eron, Yaman, Qatar, Kipr, Livan, BAA, Oman, Saudiva Arabis-
toni, Suriya va Turkiya kiradi.
6.1. Old Osiyoning etnik tarixi
Oid Osiyoda odamlar o‘nlab ming yilliklardan buyon yashab
kelmoqdalar. Bundan 40-50 ming yil
ilgari hududda zamonaviy
qiyofadagi odamlar yashay boshlaganlar. Taxminan 10 ming yil il
gari Mesopotamiyada, 0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohillarida,
Kaspiy dengizining janubiy-sharqiy rayonlarida ilk dehqonchilik
va chorvachilik madaniyatlari shakllangan.
Bu hududlarda odamlar
sopol buyumlar yasashni, ma’danlami eritish va ularga ishlov be-
rishni o‘zlashtirganlar, keyinchalik Shumer va Akkadda ilk shahar-
davlatlarga asos solishgan. Olimlar Old
Osiyoning qadimgi aholisi
etnik tarkibi haqida aniq m a’lumotlami ham aynan mil. avv. IV-11I
78
mingyilliklarda yozuv paydo bo‘lganidan so‘ng qo‘lga kiritishadi.
G ‘arbiy Osiyo aholisining bir qismi Shumer va Akkadlar kaspiy til-
larida so‘zlashgan. Ulardan tashqari bobilliklar, ossurlar,
yahudiy-
lar, arablar ajdodlari semit tillarida so‘zlashsa, xettlar, midiyaliklar,
parfiyaliklar, skiflar hind-yevropa tillariga mansub bo‘lishgan. Asrlar
davomida old osiyoliklar semit tillarida, Eron va Afg‘oniston hind-
yevropa tillarida so‘zlashadigan etnoslar tomonidan egallanadi. Arab-
lar istilosi (VII-VIII asrlarda) Old Osiyo xalqlari tarixi va madaniya-
tiga ulkan ta’sir o' tkazadi. Arablar bosib olgan xalqlami islom diniga
o‘tkazib, ilm-fan, davlat boshqaruvida o‘z yozuvlari va tillarini joriy
etdilar. Arablardan bir necha asr o‘tib Old
Osiyoga ilgari Oral den-
gizi bo‘ylarida, Sirdaryoning quyi oqimida yashagan o‘g‘uzlaming
yurishlari boshlanadi. Ularning avlodlari zamonaviy turklar, ozarbay-
jonlar va yana qator etnoslardir. 0 ‘rta asrlar oxiridan Old Osiyo dav-
79
latlari inqiroz holatiga tushib, Yevropa davlatlariga mustamlaka va
yarim qaram oikalarga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: