Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Qadimgi ko‘chmanchilar. 
Old Osiyoning cho‘1, tog‘lari aholisi 
ko‘chmanchilar hayoti dehqonlarnikidan o‘zgacha kechgan. No- 
madlar shaharlar va konlar barpo etishmagan. Ular yaylovlarda 
vaqtinchalik chodirlardan manzilgohlar tiklaganlar. Ot va tuyalami 
xonakilashtirilgandan so‘ng, uzoq masofalarga ko‘chish boshlana­
di. Tuyalarda chodirlami, ayollar va bolalarni olib yurishsa, erkak­
lar otlarni minib zarur paytlarda mudofaa, ehtiyoji tug‘ilsa bosqin- 
lar uyushtirganlar. Ko‘chmanchilar hayoti murakkab kechib qishda 
sovuq va yog‘ingarchiliklardan, yozda issiq va suvsizlikdan azob 
chekkanlar. Nomadlar chorvani asraganlari uchun oziq kam bo‘lgan. 
Go‘shtni faqat tantana va bayramlarda iste’mol qilishgan. Chorvador­
lar oziqlarida dehqonlardan ayirboshlangan (teri, yog‘, sut mahsulot- 
lariga) don, sabzavotlar, mevalar ham o‘z o‘miga ega bo‘lgan.
6.2. Old Osiyo xalqlari, ularning bugungi kundagi
xo‘jalik mashg‘ulotlari
Etnoslar. 
Arabiston yarimorolida asosan arablar yashaydi. 
0 ‘rtayer dengizining sharqiy sohillarida arablardan tashqari yahudiy­
lar (Isroil), maroniylar (arab xristianlari) va druzlar (Livanda) mavjud. 
Turkiyaning asosiy aholisi turklar bo‘lib, ulardan tashqari, turklarning
82


subetnosi - yuryuklar (janubda), markaziy va shimoliy hududlarda 
ayrim kavkazlik etnoslar va rus staroobryadchilari, g‘arbiy hududlar­
da yunonlar joylashgan. Eron aholisi ham ko‘p millatli. Asosiy aholi - fors- 
lar bilan bir qatorda mamlakat shimolida turkman va ozarbayjonlar 
joylashgan. Eronning markaziy va g‘arbiy hududlarida o‘troq kurdlar 
va boshqa ko‘chmanchi qabilalar yashaydi. Eronning janubiy-sharqiy 
qismida belujiylar istiqomat qiladilar. Afg‘oniston aholisi ham ko‘p 
millatli, xilma-xil. Uning janubiy va markaziy viloyatlarida mam- 
lakatning eng yirik xalqi - pushtular yashaydi. Shimolda tojiklar, 
o‘zbeklar va boshqa elatlarga mansub aholi joylashgan. Old Osiyo­
ning zamonaviy aholisi katta yevropeoid irqining turli tiplariga man­
sub, tillari uch til oilasi: semit (arablar, yahudiylar, ossuriylar), turkiy 
(turklar, ozarbayjonlar, turkmanlar va h.k.), hind-yevropa (fors, tojik, 
pushtu-afg‘onlar va boshqalar)ga bo‘linadi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin