Tursun usarovich salimov jahon xalqlari etn ologiyasi



Yüklə 10,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/213
tarix04.09.2023
ölçüsü10,36 Mb.
#141398
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   213
Johon xalqlаri etnolgiyasi.T.Salimov

Chorvadorlar. 
Old Osiyoda c h o i, dasht va to g ii viloyatlarda 
hozirga qadar ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik keng 
tarqalgan. Ko‘chmanchi - nomadlar, badaviylar Markaziy Arabis- 
ton, Suriya va Iroqning c h o i hududlari, Turkiya yuryuklarining bir 
qismi, kurdlar shug‘ullanishadi. Eronda ko‘chmanchi chorvachilik 
bilan turkmanlar, lurlar, baxtiyorlar, kurdlaming bir qismi, belujiylar 
mashg‘uldir. Afg‘onistonning janubida ko‘p sonli nomad-pushtunlar 
yashaydilar.
84


Markaziy Arabiston badaviylaridan tashqari barcha ko‘chmanchilar 
Bhorvachilikdan tashqari mayda yer maydonlarida sabzavot, ba’zida 
ttpa ekadilar. Lekin bu mahsulotlar yetarli bo‘lmagani uchun zarur miq- 
dordagi qishloq xo‘jalik mahsulotlarini vohalardagi bozorlardan sotib 
Olishadi. Chorvadorlar mollardan tashqari turli buyumlar - gilam, kigiz, 
Jun 
matolar, teri va h.k.larni bozorga chiqaradilar. Arab dunyosida XX 
asrning 70-yillaridan keskin industrlashtirish, neft qazib olish, undan 
kelgan daromadlami bank-moliya tizimiga qo‘yish orqali ulkan rivoj- 
lanishga erishildi. Ayni chog‘da chorvachilik sohasida kasodga uchrash, 
o‘z joylarini tashlab qishloq va shaharlarga ketish hollari ham keskin 
0‘sdi. Natijada o‘tmishda chorvador bo‘lgan aholi yollanma mehnatga 
o‘tishga yoki ishsizlar qatorini to‘ldirishga majbur bo‘lmoqda.
Ko‘chmanchi chorvadorlar yil bo‘yi yaylovdan yaylovga ko‘chib 
Xo‘jalik yuritadi. Tekisliklarda nomadlar odatda yozda shimolga, 
qishda janubga tomon yaylov izlashadi. Tog‘li hududlarda ular qishni 
vohada yem-hashak, yoqilg‘i topiladigan joylarda, bahor-yozni esa 
tog‘lardagi alp o‘tloqlarida o‘tkazishga odatlanganlar. Shu tariqa 
mavsumlar almashadi. Ko‘chish masofalari tabiiy sharoitga bog‘liq 
bo‘lib, Markaziy Arabiston badaviylari tuyalari bilan bir yilda 2-2,5 
ming km masofani bosib o‘tadilar. Ayni paytda Suriya va Iraq qo‘ychi- 
cho‘ponlari, aksincha, vohalar atrofida harakatlanib ulardan uzoqqa 
ketishmaydi. Yozda badaviylar tuya uyurlarini suv serob vohalarga 
yaqin joylarga haydab kelishsa, qishda cho‘lning ichki hududlariga 
ketishadi. Badaviylar tuyaning bir o‘rkachli - dromedarlar zotini 
boqishadi. Janubiy Afg‘oniston pushtunlari ham uzoq masofalarga 
ko‘chishadi. Turkiya va Eron nomadlari bosib o ‘tadigan masofalar 
esa, aksincha, nisbatan qisqa bo‘lgan. Xususan, ayrim turkman chor- 
vadorlari quduqlari tevaragidan uzoqlashmasdan bir yilda atigi bir ne­
cha kilometrga siljiydilar. Tog‘li chorvadorlar ko‘chishlari ham qisqa 
muddatli va qisqa masofalarga bo‘ladi.

Yüklə 10,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   213




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin