urushlarda asir olinganlar bo‘lgan. Ulardan ibodatxonalar va saroy-
lar, yo‘llar qurilishida, uy xizmatkorlari sifatida foy dalanganlar. Da-
lalarda, hunarmandchilik ustaxonalarida ishlagan, erkin kishilarning
hayoti ham qullarnikidan kam farq qilgan.
Madaniyat yuksak dara-
jaga ko‘tariladi. Old Osiyoning qadimgi davlatlarida turli hunarlar va
san’at rivojlangan. Ko‘plab shaharlarda suv tarmog‘i bo‘lgan, bundan
6 ming yil avval uch-to‘rt qavatli uylar, mustahkam ko‘priklar, yo‘llar
qurilgan. Oltindan, kumushdan, qimmatbaho,
kamyob toshlardan
ajoyib zeb-ziynatlar yasashgan. To‘quvchilar jundan, zig‘irpoyadan
matolar, qurollar, idishlar, temirchilar qurol-aslahalar yasaganlar.
Haykaltaroshlar loy va toshdan ajoyib haykallar yasashsa,
shoirlar
dostonlar bitganlar, diniy bayramlarda afsona va rivoyatlar asosida
sahna tomoshalari qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: