taqozo etadi. 0 ‘tmishdagi miroblar hech qanday maxsus bilimsiz bu
tajribani avloddan avlodga o‘tkazib kelganlar. Old Osiyo dehqonlari
bug‘doy, arpa, sholi, dukkakli ekinlar, y o g ii o‘simliklar, paxta, tama
ki yetishtirganlar. Ko‘pgina arab davlatlarida hozirda kofe ekilmoq-
da. Mevalardan uzum, olma, nok, shaftoli va h.k.lar, tarvuz va qovun
barcha mamlakatlarda m o i bo‘ladi. C hoida yantoq tomiriga ekilgan
tarvuz-qovunlar, ayniqsa, qand moddasi m o i, shirin bo‘ladi. Arabis-
ton yarimorolida eng ko‘p yetishtiriladigan meva - xurmodir.
Old Osiyoning ko‘plab joylarida qishloq xo‘jaligi ishlarida an’anaviy
primitiv mehnat qurollari ishlatiladi. Ilgari yog‘och omoch (tishi
cho‘yandan), hozirda temir omoch, barona, mola va h.k.lar, qo'shga
ho‘kiz, ba’zida eshaklar qo‘shiladi. Kichik tomorqalardagi yerlarni bel
(lopatalar) va og‘ir so‘qalar bilan chopishadi. Donni o rib olish ham
an’anaviy tarzda o‘roqlar ko‘magida, yanchish zanjirlar va yirik shoxli
mollar yordamida amalga oshiriladi. Qishloqlarda donni suv tegirmon-
lari yoki hayvon kuchi bilan yuritiladigan tegirmonlarda unga aylan-
tiriladi. Shuni ta’kidlash lozimki, respublikamizning tog‘li hududlarida
so'nggi o‘n yilliklarda ko‘plab suv tegirmonlari tiklandi hamda aholiga
beminnat xizmat ko‘rsatmoqda. Donni kelida tuyish ham saqlangan.
Dehqonlar molni transport vositasi yoki sut mahsulotlari manbayi
sifatida imkoniyat darajasida boqishadi. Molni qishloqlarga yaqin
yaylovlarda yoki yozda tog‘ yaylovlarida boqish uchun jo ‘natishadi.
Qo'rg'onlardan uzoqdagi yaylovlarda mollami boqtirish faqat boy
aholi qatlami imkoniyati darajasida boigan. Otlardan transport vositasi
sifatida foydalanish ham boy-badavlat dehqonlardagina mavjud edi.
Dostları ilə paylaş: