Arab mamlakatlari va Eronda neftni qayta ishlash sanoat korxonalari
bunyod etildi. Undan tashqari, yengil sanoat, teri-ko‘nchilik, qurilish
ashyolari ishlab chiqarish keng y o ig a qo‘yildi. Ishchi, muhandislar,
ishlab chiqarishdagi boshqa kasb-kor egalarining ko‘payishi aholi
ning turmush sharoitlariga ham keskin ta’sir etib, ayniqsa, shaharlar
da uy-joylar, kiyimlar, hayot tarzi o'zgarib bormoqda.
6.3. Old osiyoliklar moddiy madaniyati
Old Osiyoning ko‘pchilik aholisi qishloqlarda yashashda davom
etmoqda. Ayni paytda so‘nggi o‘n yilliklarda shaharlar va ulaming
aholisining soni keskin o‘snioqda. Poytaxtlar va yirik shaharlarda
osmono‘par binolar, banklar, sayyohlar uchun mehmonxonalar zamo
naviy yevropa me’morchiligi uslubida bunyod etilmoqda. Ayni payt
da mayda va o‘rta hajmdagi shaharlar qiyofasida ulaming markazida
o ‘tgan asrdagi vaziyatni ko‘ramiz. Bunday shaharlar markazida mas-
jid, jamoatchilik binolari, politsiya, qamoqxona, maydon atrofida sav-
do muassasalari, omborlar, boy hunarmandlaming do‘konlari joylash
gan. Sharq bozorlari har doimgidek shovqin-suronli. Markazga tutash
mavzelarda boylarning, amaldorlaming hovli-joylari joylashgan.
Markazdan qancha uzoqlashsa, ko‘chalar torayib qingir-qiyshiq tus-
ga kiradi. Kambag‘al va o‘rtahol aholi mavzelarida loydan, paxsadan
devorlar, ularning ortida uy-joylar, xo‘jalik binolari joylashgan. Suv
quvuri, kanalizatsiya va elektr toki shaharlaming markaziy qismida
boiishi mumkin. Suv yetarli b o isa hovlilar daraxtlar soyasida, ular
kichik ariqlardagi suv bilan ancha salqin havoni yaratadi.
Nomadlar muqim qo‘rg‘onlar yaratmaydilar, yaylovlarda ba’zida
ko‘p, ba’zida kam chodirlar yoki o‘tovlardan iborat muvaqqat man-
zilgohlar barpo etiladi. Xususan, ayrim badaviylarda katta bir necha
yuz chodirli manzilgohlar o‘matilgan b o isa, boshqa nomadlar gu-
ruhlarida bir necha o ‘n o‘tovlar boigan.
Dostları ilə paylaş: