erishilgandan so‘ng xorijiy sayyohlik va to'y-tantanalar bilan b o g iiq
hunarmandchilik turlari yangi yuksalishini boshdan kechirmoqda.
Xususan, 0 ‘zbekistonda zardo‘zlik, pichoqchilik, kulolchilik sohalari
yangi yuksalish davriga kirmoqda.
Ko‘chma chorvachilik xo‘jaliklarida alohida hunarmandchilik
ishlab chiqarishi boim agan. Har bir oilada zarur buyumlar - kigiz,
jun matolar tayyorlangan. Kiyim-kechaklar tikilib, otlar uchun egar
anjomlar qilingan. Turkmanlarda gilamdo‘zlik alohida ahamiyatga
ega boigan. Gilamdo'zlik tarixi hali yaxshi o ‘rganilmagan. Lekin
gilamlar saklar, skiflar davrida ham boigani tasdiqlangan. Bu uy hu-
narmandchiligi mahsuloti yuksak baholanadi. Ehtimol, gilamdo‘zlik
tog‘oldi mintaqasida vohalar va choilar chegarasida yashagan aholi-
da vujudga kelgandir. Bu borada gilamdo‘zlikning paydo boiishi va
yuksalishi uchun ko‘chishlar nisbatan kam, lekin jun mo‘l boiishi
uchun ko'p sonli qo‘ylar otarlari boiishi talab etilgan. XIX asrda gil-
amlar qabilalar gerbi (tamg‘asi) edi. Gilam kashtasining asosiy elemen-
ti gyol - har bir qabilada o‘ziniki boigan. Qabilalar urushida g‘olib
chiqqan tomon m agiub qabilaga o‘z gyolini solishga majbur etgan.
Dostları ilə paylaş: