3. Globallashuv sharoitida mafkuraviy xurujlarning oldini olish yo‘llari. Yuqoridagilarni inobatga olib, kishilar, ayniqsa, yoshlar
quyidagilarga alohida e’tibor qaratishlari zarur:
– har bir ishda aql yuritishlari, bilmagan masalalarida ahli
ilm dan so‘rashlari, shuningdek, ekstremistik guruhlarning orasi
da birorta ham olim kishi yo‘qligini yaxshi bilishi kerak. Bu bo
rada Ibn Abbos (r.a.)ning xavorijlarning johilliklarini ko‘rsatish
uchun aytgan so‘zlarini keltirish o‘rinli: «Sizlarning oldingizga
Rasululloh (s.a.v.)ning sahobalarining oldidan ularning aytgan
so‘zlarini yetkazish, xabarini berish uchun keldim. Ularga Qur’on
nozil bo‘lgan, ular sizlardan ko‘ra, vahiyni biluvchiroqdirlar. Siz
larning orangizda ulardan biror kishi ham yo‘q»;
– boshqa din vakillariga mehrshafqatli, bag‘rikeng munosa
batda bo‘lish, axborot xurujlari asiriga aylanmaslik hamda eks
tremistik guruhlar tomonidan e’tirof etilayotgan g‘oyalar yolg‘on
va soxtalikka xizmat qilishini ta’kidlash lozim;
– ekstremistik guruhlar tomonidan e’lon qilingan xalifalik
ning botil ekaniga aniq ishonish lozim. Chunki u Payg‘ambari
miz Muhammad (s.a.v.)ning tutgan yo‘llariga ham ma’nan, ham
shaklan ziddir. Ekstremistik guruhlarning harakatlari zulm, is
tibdodga asoslangan ekanini anglash kerak;
– ahli ilmlarni ulug‘lash, ularning qarashlarini himoya qilish,
ularga turli xil bo‘htonlarni otmaslik lozim;
– ekstremistik guruhlarning asl maqsadini ochib berish, uning
xatarli oqibatlari haqida barchani ogohlantirish har bir kishining
burchidir.
Demak, Yaratganning eng buyuk ne’mati, biz yashab tur
gan olamning eng ajoyib mo‘jizasi bo‘lmish inson hayotiga ta
jovuz qilishga qaratilgan har qanday ko‘rinishdagi tahdidlar katta
286
gunoh ekan, har bir kishi bu ne’matni asrabavaylashi, unga xi
yonat qilmasligi lozim bo‘ladi.