Dinshunoslikka


Hozirgi davrda davlat va din munosabatlari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Dinshunoslikka kirish

2. Hozirgi davrda davlat va din munosabatlari
. Din qadimiy va 
murakkab ijtimoiy hodisa bo‘lib, insoniyat ma’naviy hayotining 
ajralmas tarkibiy qismidir. Shu sababli har qanday davlatdan dinga 
nisbatan aniq bir munosabat bildirish talab qilinadi. Demak, dun­
yoviy davlat o‘z siyosatini dinga munosabatini aniqlash orqali ham 
namoyon qiladi. Boshqacha aytganda, dunyoviy davlat bilan dinlar 
o‘rtasidagi munosabat mazkur davlat tizimi mafkurasining ma’lum 
darajasidagi mohiyatini ham belgilaydi. Agarda dunyoviy davlatda 
diniy e’tiqod, marosim va an’analarga sharoit yaratilsa, shu mam­
lakatning ma’naviy­ma’rifiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Aks holda sho‘rolar davrida bo‘lgandek, din va davlat o‘rtasida 
ziddiyat vujudga kelib, ular bir­birining rivojiga to‘sqinlik qiladi. 
Masalan, o‘sha davrda dinsizlik targ‘ib qilinib, Qur’oni Karim, 
Hadisi Shariflar singari islomning muqaddas kitoblari ta’qib os­
tiga olinib, madrasa, masjidlar yo‘q qilindi. 1911­yilda Toshkent­
ning o‘zida 349 masjid va 26 madrasa mavjud bo‘lsa, 1990­yilga 
kelib 10 masjid qolgan edi xolos. Respublika bo‘yicha jami 80 ta 
masjid nomigagina ro‘yxatda turar, ularning ham to‘liq ishlash­
lariga imkon berilmas edi. Qashqadaryo viloyatida 2 tagina mas­
Diniy e’tiqod­
da muayyan timsollar 
(buyum, harakat, so‘z, 
matnlar) diniy ma’no 
va mazmun kasb etadi. 
Har bir din yoki diniy 
konfessiya (yo‘nalish)
larning o‘z sobit e’tiqod­
lari mavjud.


291
jidga ruxsat berilgan, Buxoro Mir Arab madrasasida sanoqli ta­
labalar o‘qitilardi.
Dunyoviy davlat bilan dinlar o‘rtasidagi munosabat mazkur
davlat tizimi mafkurasining ma’lum darajasidagi mohiyatini
ham belgilaydi
O‘sha davrda diniy bayram (hayit)lar taqiqlanganidan milliy 
ma’naviyat va madaniyatimiz zarar ko‘rdi, turli noroziliklarga 
olib keldi. Bunday diniy e’tiqodlarning cheklanishi asta­sekin 
boshqa ijtimoiy illatlar bilan qo‘shilib, o‘sha jamiyatning yemiri­
lishiga ham sabab bo‘ldi.
Din va dunyoviy davlat munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritil­
ganda dunyoda 3 xil davlat turi borligini ko‘rishimiz mumkin:
1. Din asosiy g‘oya va mafkura deb e’tirof etiladigan davlat­
lar (Eron, Pokiston, Saudiya Arabistoni kabilar).
2. Ayrim dinlarga ustu­
vor mavqe beradigan davlatlar, 
masalan, islom dinini ustuvor 
deb biluvchi arab yoki musul­
mon davlatlar: Misr, Indoneziya 
va boshqalar, yoki Germaniyada 
ham xristian dinining protestan­
tizm yo‘nalishi ustuvor deb hi­
soblanadi.
3. Davlat tizimi sekulyaris­
tik (dunyoviylik ustun bo‘lgan 
Har qanday davlatdan dinga nisbatan 
aniq bir munosabat bildirish talab 
qilinadi


292
davlat) bo‘lib, unga biron­bir dinga ustuvorlik huquqi berilmay­
digan davlatlar kiradi. Masalan: AQSH, Fransiya, O‘zbekiston.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, dunyoviy davlat sifatida, din 
davlatdan ajratilgan bo‘lsa­da, lekin dindor jamiyatdan ajratilma­
ganligi bois barcha dinlar, shu jumladan, islom diniga bo‘lgan muno­
sabat tubdan o‘zgaradi. Davlat va diniy tashkilotlar o‘rtasidagi mu­
nosabat to‘g‘ri yo‘lga qo‘yildi, ya’ni vijdon erkinligiga e’tibor qaratildi. 
Dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatlar 
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yildi. Bu BMT ustavi hamda 1948­yilda qabul qilin­
gan inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga mos tushadi. Qisqasi, 
din dunyoviy davlat tizimi bilan nafaqat murosa qilish, balki umum­
milliy taraqqiyot yo‘lida, u bilan samarali hamkor bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston davlati dunyoviylik asosida shakllangan va barcha 
dinlar teng hisoblanib, diniy bag‘rikenglik rivojlangan. Hamma 
dinlarga hurmat bilan qaraladi. Shunga qaramasdan, aholi sining 
94% dan ortig‘i musulmonligi sababli islom diniga alohida e’ti­
bor beriladi.
Din va jamiyat hayotidagi dialektik aloqadorlikdan din va 
dunyoviy davlat munosabatini belgilab beruvchi boshqa bir ta­
moyil – din sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis va il miy 
o‘rganish, bashorat qilish va shundan 
kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivoji­
ga yanada kengroq imkoniyat yaratish, 
salbiy holatlar oldini olishdir.
Davlatning dinga munosabatini ifoda­
lovchi boshqa bir tamoyil shundan ibo­
ratki, davlat dinni xalq ma’naviyatining 
uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan 
kelib chiqib, uning rivoji uchun tegish­
li shart­sharoit yaratishga harakat qiladi.
I.A. Karimovning Oliy Majlisning 
o‘n to‘rtinchi sessiyasida so‘zlagan nut­
Dunyoviy davlat­
ning dinga bo‘lgan mu­
nosabatida dindorlar­
ning huquqiy maqomi 
va davlat tomonidan 
o‘tkazilayotgan tadbir­
larda diniy konfessi­
yalar haqidagi qonun­
larning hayotga tatbiq 
etilishidek ikki muhim 
jihat ham bor.


293
qida bu tamoyil o‘zining yorqin ifodasini topgan: «Mamlaka­
timizni demokratik tamoyillar, ilm­fan yutuqlari, yuksak tex­
nologiyalar asosida modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas 
dinimizni, milliy o‘zligimizni asrab­avaylab yashashni maqsad 
qilib qo‘yganmiz».
Konstitutsiyamizda bu masalalar o‘z yechimini topgan va u 
dunyodagi rivojlangan mamlakatlardagi huquqiy­me’yoriy ta­
lablarga to‘la javob beradi. Har qanday dinga e’tiqod qiluvchi va 
hech qanday dinga e’tiqod qilmaydigan kishilar uchun bir xildagi 
shartlar qo‘yilishini ta’minlovchi Konstitutsiyamizning 31­mod­
dasida, jumladan shunday deyiladi:
«Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson 
hohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qil­
maslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga 
yo‘l qo‘yilmaydi».
Mazkur qoidada dunyoviy davlatning dinga munosabatini ifo­
dalaydigan asosiy tamoyillar o‘z ifodasini topgan:
– dindorlarning diniy tuyg‘ularni hurmat qilish:
– diniy e’tiqodlarni fuqarolarning yoki ular uyushmalarning 
xususiy ishi deb tan olish;
– diniy qarashlarga amal qi­
luvchi fuqarolarning ham, ular­
ga amal qilmaydigan fuqarolarning 
ham huquqlarini teng kafolatlash 
hamda ularni ta’qib qilishga yo‘l 
qo‘ymaslik;
– ma’naviy tiklanish, umum­
insoniy axloqiy qadriyatlarni qaror 
toptirish ishida turli diniy uyush­
malarning imkoniyatlaridan foy­
dalanish uchun ular bilan muloqot 
qilish yo‘llarini izlash zarurati;
– dindan 
buzg‘unchilik 
maqsadlarida foydalanishga yo‘l 
Davlatning dinga munosabatidagi 
asosiy xususiyati – bu dinning siyo­
satga aralshmasligidir


294
qo‘yib bo‘lmasligini e’tirof etish (Qarang: I.A. Karimov O‘zbekis­
ton XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari 
va taraqqiyot kafolatlari. – T.: O‘zbekiston, 1997­yil 43­44­betlar).
Davlatning dinga munosabatidagi asosiy xususiyati – bu din­
ning siyosatga aralashmasligidir. Zero, har qanday din, birinchi 
o‘rinda ma’naviy­axloqiy jihatni o‘z ichiga oladi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin