Dinshunoslikka


Diniy qadriyatlar tiklanishining jamiyat ma’naviy hayoti rivo-



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Dinshunoslikka kirish

4. Diniy qadriyatlar tiklanishining jamiyat ma’naviy hayoti rivo-
jidagi o‘rni va ahamiyati. 
Uzoq davom etgan mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O‘zbekiston 
xalqi avloddan­avlodga o‘tib kelgan tarixiy qadriyatlar va o‘ziga 
xos an’analarni saqlab qolishga muvofiq bo‘ldi. Buyuk istiqlol esa 
ularning har tomonlama rivoji uchun imkoniyatlar ochib berdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda diniy tashkilotlarning soni 
o‘sdi. 1990­yilda Respublikada 119 ta diniy tashkilot, 2 ta diniy o‘quv 
yurti mavjud bo‘lgan bo‘lsa, 2014­yilning 1­oktyabr holatiga ko‘ra, 
respublikada 16 diniy konfessiyaga mansub 2223 ta diniy tashkilot, 


297
shu jumladan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Qoraqalpog‘iston 
musulmonlar qoziyoti, O‘zbekiston musulmonlar idorasining viloyat­
lar va Toshkent shahridagi vakilliklari, Toshkent islom instituti, 9 
ta madrasa, 2037 ta masjid, Rus pravoslav cherkovi Toshkent va 
O‘zbekiston yeparxiyasi, Pravoslav seminariyasi, Rim­katolik mar­
kazi, Yevangil xristian baptistlar cherkovlari uyushmasi, To‘liq Injil 
xristianlar cherkovlari markazi, protestant seminariyasi, Bi bugungi 
kunda 2186 ta diniy tashkilot erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan 
eng yirigi O‘zbekiston Musulmonlari idorasi, liya jamiyati, 151 ta 
xristian cherkovi, 8 ta yahudiy, 6 ta bahoiy jamoasi, 1 ta Krishna 
jamiyati va 1 ta Budda ibodatxonasi faoliyat yuritmoqda. 130 dan 
ziyod millatga mansub aholining 94 % dan ortig‘i islom, 3.5 % ga 
yaqini pravoslav diniga mansub, qolganlarini boshqa konfessiya va­
killari tashkil etadi.
Eng avvalo, asrlar davomida umummilliy qadriyat darajasi­
ga ko‘tarilgan diniy bayramlar – Ramazon va Qurbon hayitlari­
ning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari (1991­
yil 11­apreldagi 193­sonli; 1991­yil 20­iyundagi 221­sonli ) bilan 
dam olish kuni deb e’lon qilingani va ular ommaviy ravishda
emin­erkin nishonlana boshlanganini ta’kidlash zarur.
Din sohasida olamshumul ahamiyat kasb etgan ulamolarning 
merosini o‘rganish, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobayni­
da yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy 
merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan nihoyatda 
muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib qoldi.
Imom Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro, 
Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burxoniddin Marg‘inoniy, 
Abduholiq G‘ijduvoniy, Xoja Ahror Valiy kabi mutafakkirlari­
mizning yubileylari o‘tkazildi. Ulkan va boy madaniyatimizning 
uzviy qismi bo‘lmish islom madaniyati va axloqi masalalarini 
chuqur o‘rganish ilmiy tadqiqotlarda markaziy o‘rinni egalladi.
Qur’oni Karim ma’nolarining tarjima va tafsiri, Imom Buxo­
riyning hadislar to‘plami, Burhoniddin Marg‘inoniyning «al­


298
Hidoya», Imom Termiziyning «Sunan at­Termiziy», Abu Lays 
Samarqandiyning «Tanbehul­g‘ofilin» asarlari, Bibliya (Yangi 
Ahd), shuningdek, Qadimiy Ahdning ba’zi qismlari (Sulaymon 
hikmatlari, Rut, Ester va Yunus payg‘ambarlar tarixi) ilk marta 
o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilganligini ham ana shunday 
ijobiy natijalar sirasiga qo‘shish mumkin.
Eski masjid, maqbara va ziyoratgohlar ta’mirlanib, yangilari 
bunyod etildi, diniy bilim yurtlari tarmog‘i kengaytirilib, sifat va 
saviyasi takomillashtirildi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin