Dinshunoslikka


 O‘zbekistonda «Vijdon erkinligining konstitutsion asoslari



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Dinshunoslikka kirish

3. O‘zbekistonda «Vijdon erkinligining konstitutsion asoslari. 
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonunning yan-
gi tahriri. 
Hech qaysi din o‘zida xalqning ijtimoiy – iqtisodiy, si­
yosiy va madaniy jihatlarini barchasini qamrab olishga da’vo garlik 
qilmaydi. Aks holda u din bo‘lmay qoladi. Xuddi shu asosda Res­
publikamiz Konstitutsiyasining 57­moddasida diniy­siyosiy parti­
yalar tuzish taqiqlangan.
O‘zbekiston davlatining 
dunyoviylik, diniy bag‘rikeng­
lik, barcha dinlarga bir xilda 
munosabat, jamiyat taraqqiyoti­
da din bilan hamkorlik qi 
lish 
xususiyatlari ushbu tamoyil aso­
sida amalga oshiriladi. Chunki 
konstitutsiyaviy dunyoviy­ma’ri­
fiy davlatda vijdon erkinligi qo­
nuni diniy e’tiqod va dunyoqa­
rashidan qat’i nazar o‘z siyosiy 
xohishlarni bildirishda barcha 
fuqarolarning teng ishtiroki ta­
moyillariga rioya qiladi. «Vij­
don erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi Qonun 1991­yil­
da qabul qilingan bo‘lib, 1993­yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va 
o‘zgarishlar bilan 1998­yilga qadar amal qilib keldi.
1990­yillarning boshlarida hukumatimiz tomonidan berilgan 
imkoniyatlarning suiiste’mol qilinishi, masjidlar qurishning kam­
paniyaga aylanib ketishi oqibatida ularning soni 89 tadan 5000 
tagacha yetdi. Ularning aksariyatining hujjatlari to‘liq rasmiy­
O‘zbekiston davlatining dunyoviylik, diniy 
bag‘rikenglik, barcha dinlarga bir xilda 
munosabat bo‘lish siyosati «vijdon erkin­
ligi» tamoyiliga asoslanadi


295
lashtirilmagan, malakali imomlar bilan ta’minlanmagan (95,8 fo­
zi diniy ma’lumotsiz) va zarur sharoitlar bo‘lmagan holda faoliyat 
yurgizib, turli «peshvo»lar masjidlarni o‘z uyalariga aylantirishga 
harakat qildilar.
Ba’zi diniy tashkilotlarning rahbarlari xorijiy fuqarolar bo‘lib, 
aslida hech qanday diniy ma’lumotga ega bo‘lmay, moliyaviy yor­
dam ko‘rsatish hisobiga respublika hududidagi diniy tashkilotlar­
ga rahbarlik qilib olib, buzg‘unchilik, missionerlik faoliyati bilan 
shug‘ullanar edilar. Ularning asosiy maqsadlari turli yo‘llar va 
usullar bilan saflarini mahalliy millat vakillari hisobiga kengay­
tirishdan iborat edi.
Davr talablari asosida «Vijdon erkinligi va diniy tashkilot­
lar to‘g‘risida»gi Qonuni tubdan o‘zgartirish zarurati tug‘ildi va 
1998­yil 1­may kuni yangi tahrirda qabul qilindi.
Yangi tahrirdagi qonun oldingisidan nima bilan farq qiladi va 
qanday o‘zgarishlar kiritilgan edi? 
Ushbu qonunga kiritilgan o‘zgarishlardan biri qonunning 
8­moddasida diniy tashkilotning ochilishi uchun oldingisida 10 
nafar dindorning imzosi talab qilingan bo‘lsa, yangi qonunda 
diniy tashkilotning ochilishi uchun 100 nafar dindorlar imzo­
si, kerakligi qayd etiladi. Bunday o‘zgartirish kiritilishga sabab oz 
sonli dindorlar ham masjid va cherkovlar ochib olib, kishilarni 
dinga e’tiqodga chaqirish emas, balki o‘zlarining asl maqsadi – 
buzgunchi g‘oyalarni olib kirish edi. 
Yangi tahrirdagi qonundagi ikkinchi tamoyil diniy tashkilot­
larning rahbarlari diniy ma’lumotga ega bo‘lishi shart deb ko‘rsa­
tilgan edi. Diniy ma’lumotga ega bo‘lgan kishilar bo‘lmagan 
taqdirda davlatning diniy qo‘mitasi ruxsati bilan bo‘lishi shart deb 
ta’kidlanadi. Qonunning 9­moddasida markazlashtirilgan holat­
da diniy ta’lim berilishi va faqat litsenziyasi berilgan va adliya 
vazirligi ro‘yxatidan o‘tgan diniy o‘quv yurtlari faoliyati ko‘rsati­
shi belgilab qo‘yildi.
Yangi qonunning 14­moddasida jamoat tashkilotlarida diniy 
ibodat kiyimida (hijob) yurish taqiqlanishi qayd etilgan. Bun­


296
ga ayrim erkaklarning ayol kiyimini kiyib, hijobga kirib, jinoyat 
ko‘chasiga kirishlari sabab bo‘ldi.
Qonunning 5­moddasidagi yana bir muhim tamoyillardan bi­
ri, bir dindan boshqa dinga o‘tishga targ‘ib qiluvchi xatti­harakat 
bo‘lgan missionerlik (prozelitizim) faoliyati taqiqlanadi. Bunga 
sabab, har xil dinga da’vat etuvchilarning ko‘payib ketishi, din­
lararo nizolarni kelib chiqish xavfini oldini olish edi.
Shuningdek, Qonunning 5­moddasida yana ta’kidlanadiki, 
«O‘zbekiston Respublikasida din davlatdan ajratilgan. Hech bir 
dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biron­bir im­
tiyoz yoki cheklashlar belgilanish yo‘l qo‘yilmaydi... diniy va 
o‘zga mutaassiblikka hamda ekstremizmga, munosabatlarni qa­
rama­qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar 
o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti­harakatlarga yo‘l 
qo‘yilmaydi», deb qat’iy belgilab qo‘yildi.
Respublikamiz Konstitutsiyasi va tegishli qonunlarda hamda diniy 
ishlar qo‘mitasi faoliyatida din va diniy e’tiqodga berilgan huquq va 
erkinliklar qurilayotgan huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqa­
rolik jamiyatida vijdon erkinligi, din va diniy tashkilotlarning o‘rni, 
funksiyalariga konstitutsion maqom va huquqlarning to‘liq berilgan­
ligini ifodalaydi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin