Dinshunoslikka


 E’tiqod tushunchasi. Din e’tiqodning bir ko‘rinishi sifatida



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106
Dinshunoslikka kirish

1. E’tiqod tushunchasi. Din e’tiqodning bir ko‘rinishi sifatida.
E’tiqod (arabcha «i’taqada» fe’lidan) ishonch, imon ma’nolarini 
anglatadi. Keng ma’noda e’tiqod inson faoliyati uchun ma’naviy 
asos, yo‘l­yo‘riq va mo‘ljal bo‘lib xizmat qiluvchi, aqli his va iro­
da vositasida anglangan bilim, g‘oya hamda shu asosda shaklla­
nadigan maqsadlar majmuyini, shuningdek, ularning to‘g‘riligiga 
ishonch bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik holatni ifodalaydi. Bilim 
va g‘oya lar insonning ham aqli, ham qalbi bilan o‘zlashtirilib olin­
gandagina e’tiqodga aylanadi. Umuman olganda, e’tiqod shaxs, gu­
ruh va ommani jipslashtiruvchi, odamlarni ijtimoiy hayotning faol 
a’zosi ga aylantiruvchi kuch hisoblanadi. E’tiqod insonning faoliyati 
bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Shu boisdan e’tiqodli inson faqat 
amaliy faoliyat jarayonida o‘zligini namoyon qiladi.


288
Dunyoda kuchli e’tiqodga ega 
bo‘lgan kishilar bilan bir qatorda e’tiqo­
di zaif kishilar ham uchraydi. Qat’iyat­
sizlik, jur’atsizlik va befarqlik e’tiqod­
sizlikning asosiy belgilari hisoblanadi. 
Bunday kishilar ko‘pincha boshqalar­
ga ergashib yoki taqlid qilib yashaydilar. Sharoitga qarab goh u, 
goh bu tomonga og‘ib ketadilar. Bunday e’tiqodiy zaiflik, bo‘shliq 
shaxs kamolotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Agar e’tiqod mutaassib, irqiy, millatchilik, tor siyosiy va 
iqti 
sodiy manfaatlar bilan cheklangan bo‘lsa, bunday holda u 
buzg‘unchilik, beqarorlikka xizmat qiladi, rivojlanishga to‘sqin­
lik qiladi. Hozirgi davrda har bir kishining, ayniqsa, yoshlar ning 
taraqqiyot va hur fikrlilikka yetaklovchi ishonch va e’tiqod bi­
lan buzg‘unchi, aldamchi, adashtiruvchi va yolg‘on «e’tiqod»ni 
farqlashi o‘ta muhimdir.
E’tiqodning mazmunini ilm tash­
kil qiladi. Chunki kishi nimaga e’tiqod 
qilayotganligini, ya’ni nimaga ishona­
yotganligini, nimaga intilayotganligini, 
nimaga o‘z xulq­atvori va ijodini mos­
lashtirayotganligini bilishi lozim. Bu 
ilm diniy yoki dunyoviy yoxud ularning 
qorishuvi bo‘ladimi, undan qat’iy na­
zar, e’tiqodning keng ma’nodagi hayotiy 
mazmunini tashkil etadi. Ilmsiz e’tiqod 
yo‘q, bo‘lishi mumkin ham emas.
E’tiqodning ilg‘orligi yoki qoloqligi, insonparvarligi yoki xud­
binligi va boshqa ko‘plab xususiyatlari uning mazmunini tashkil 
etuvchi ilmga bog‘liq. Ammo har qanday ilm, ayniqsa, kundalik 
bilimlar e’tiqod bo‘la olmaydi.
Shuningdek, amaliyotda tasdig‘ini topmagan, faraz sifatida 
olg‘a surilgan ilmiy tushuncha va nazariyalar ham e’tiqodga ay­
lana olmaydi. Ikkilanish va shubha bilan qaralgan ilm e’tiqod 
Bilim va g‘oyalar in­
sonning ham aqli, ham 
qalbi bilan o‘zlashtirilib 
olingandagina e’tiqodga 
aylanadi.
Hozirgi davrda har 
bir kishining, ayniqsa, 
yoshlarning taraqqiyot 
va hurfikrlilikka yetak­
lovchi ishonch va e’tiqod 
bilan buzg‘unchi, al­
damchi, adashtiruvchi 
va yolg‘on «e’tiqod»ni 
farqlashi o‘ta muhimdir


289
emas. Ilgari inson qattiq ishon­
gan tushunchalar, g‘oyalarga nis­
batan jamiyat va ilm­fan taraq­
qiyoti natijasida shubha tug‘ilsa, 
ular e’tiqod maqomini yo‘qotadi.
E’tiqodda ishonch katta rol 
o‘ynaydi. Ishonch­e’tiqod maz­
munini tashkil etuvchi tu­
shunchalar, me’yorlar, g‘oyalar 
ta’limotga – ilm (bilim)ga nis­
batan kuchli emotsional (hissiy) 
ijobiy munosabatdir. Ishonch 
oila ning tarbiyasi va amaliyoti natijasida, davlatning ta’lim muas­
sasalari, tashviqot va axborot vositalari orqali kishi ongiga ta’sir 
etish oqibatida vujudga keladi.
Har qanday e’tiqod diniy bo‘lavermaydi albatta. Ammo din 
ham e’tiqodning o‘ziga xos ko‘rinishi sifatida jipslashtiruvchi 
xusu siyatga ega. Diniy e’tiqod bu – inson irodasidan yuqori tur­
gan zotga imon keltirish, undan madad olish, asotiriy voqea­
hodisa 
larning takror sodir bo‘lishi va unga dahldorlik hamda 
muayyan tasavvur, aqida, muqaddas kitob, payg‘ambar, avliyo va 
hokazolarga ishonch demakdir.
Diniy e’tiqodda muayyan timsollar (buyum, harakat, so‘z, 
matnlar) diniy ma’no va mazmun kasb etadi. Har bir din yoki 
diniy konfessiya (yo‘nalish)larning o‘z sobit e’tiqodlari mavjud.
Diniy e’tiqodda muayyan timsollar 
(buyum, harakat, so‘z, matnlar) diniy 
ma’no va mazmun kasb etadi 


290
Imon faqatgina diniy tushuncha 
bo‘lmay, balki dunyoviy va hayotdagi 
amaliy tushuncha hamdir. Imonli ki­
shi tushunchasining hayotiy, amaliy va 
dunyoviy mazmunida ilm­ma’rifat egasi 
bo‘lish, o‘zaro yordam, saxiy bo‘lish, 
to‘g‘rilik, halollik, yaxshilik qilish, 
ezgulikni ulug‘lash, ahdga vafo, Vatan­
ni sevish kabi yuksak ma’naviy fazilat­
lar egasi to‘g‘risidagi tasavvurlar yota­
di. Boshqacha qilib aytganda imon ma’lum dunyoqarashga ega 
bo‘lgan shaxsning ichki, ruhiy olamini anglatadi. Imonli odam 
boshqalarning diliga ozor bermaydi, balki odamlarga ziyo va nur 
ulashib, yaxshi va ezgu amallarga o‘rgatib, yaratuvchilik va tara­
qqiyotga undaydi.

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin