Dinshunoslikka


Mutaassiblikning islom dini va jamiyatga yetkazgan zarar-



Yüklə 4,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/106
tarix05.09.2023
ölçüsü4,86 Mb.
#141570
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106
Dinshunoslikka kirish

2. Mutaassiblikning islom dini va jamiyatga yetkazgan zarar-
lari, islom dinida uning qoralanishi. 
Islom dini tarixiga nazar 
tashlasak aynan mutaassiblik va aqidaparastlik kabi illatlar oqi­
batida ko‘plab xunrezlik va notinchliklar kelib chiqqanini guvohi 
bo‘lamiz. Islom olamida tarixda va hozirda diniy mutaassiblik, 
dinda g‘ulu (chuqur) ketish oqibatida hatto mo‘min­musulmon 
kishini kofir (imonsiz), murtad (dindan qaytgan) deb atalish hol­
lari ham uchraydi.
Bunga misol qilib al­Ha­
ruriya firqasini keltirish 
mumkin, ularning asl da’vo­
si, Ali ibn Abu Tolibga kufr 
bilan guvohlik beradilar. Un­
dan voz kechib insonlarni 
ham undan voz kechishga 
hamda Ali ibn Abu Tolib­
ni kofirga chiqarishga da’vat 
qiladilar. Dinda chuqur ke­
tib, haddidan oshish nati­
jasida musulmonlar ichi­
da ko‘plab adashgan firqalar 
vujudga kelgan, bunga misol 
qilib rofiziylar firqasini kelti­
rish mumkin, chunki ular Ali ibn Abu Tolibni sevishda haddan 
oshdilar, hatto uni Payg‘ambar (s.a.v.), muhojir va ansoriylardan 
ham ustun qo‘ydilar. Rofiziylar aynan mana shu e’tiqod, ya’ni 
dinda chuqur ketish sababli to‘g‘ri yo‘ldan adashdilar.
Bu ikki bid’at amal sababli Islom tarixi o‘tmishida sodir 
bo‘lgan bu fojialar hozir ham davom etmoqda. O‘tmishda xorijiy­
lar, mu’taziliylar, marisiylar, rofiziylar, qadariylar, jahmiylar din 
dushmanlari Islomga yetkazolmagan zararni keltirishgan bo‘lsa, 
hozirgi vaqtda al­qoida, xamas, musulmon birodarlari, hizbu­t­
tahrir, hizbulloh, adolat, vahhobiylar, tablig‘chilar, akromiylar, 
nurchilar va yana dinni targ‘ib qilish niqobi ostidagi bir qancha 
O‘tmishda xorijiylar, mu’ta­
ziliylar, marisiylar, rofiziylar, qa­
dariylar, jahmiylar din dush­
manlari Islomga yetkazolmagan 
zararni keltirishgan bo‘lsa, hozir­
gi vaqtda al­qoida, xamas, musul­
mon birodarlari, hizbu­t­tahrir, 
hizbulloh, adolat, vahhobiylar, 
tablig‘chilar, akromiylar, nurchi­
lar va yana dinni targ‘ib qilish 
niqobi ostidagi bir qancha firqalar 
mavjudki, ularning paydo bo‘lishi­
ni bosh omili diniy mutaassiblik va 
g‘uludir.


282
firqalar mavjudki, ularning paydo bo‘lishini bosh omili diniy mu­
taassiblik va g‘uludir. Ularning asl maqsadlari qonuniy hukumat­
ni ag‘darib, o‘rniga totalitar tuzumni vujudga keltirish, terroristik 
amaliyotlar orqali odamlarni dahshat va qo‘rquvda ushlab turish 
ekanligi hozirgi zamon ziyolisi uchun sir emas.
Bu oqimlar o‘z maqsadlarini amalga oshirishdagi uslublaridan 
biri terror harakatidir. Terror – zo‘ravonlikka olib boruvchi yo‘l 
bo‘lib, o‘tgan asr boshlarida turli ekstremistik kayfiyatdagi oqim­
larga xoslangan iboradir. Bu so‘z o‘tgan asr oxirlaridan boshlab 
din niqobi ostida faoliyat yuritayotgan noislomiy siyosiy oqimlar­
ga ham qo‘llanila boshladi. Natijada, biz yashayotgan asri mizga 
kelib «g‘arb islomshunos olimlar»i tomonidan Islom terrori, Is­
lom fundamentalizmi, Islom ekstremizmi kabi atamalar paydo 
bo‘ldi. Albatta, bularning har biri mutaassiblik, aqidaparastlik va 
dindagi g‘uluning yoqimsiz va zaharli mevasidir.
Aslida Qur’oni karim va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) hadislari­
da aqidaparast mutaassiblar qattiq qoralangan bo‘lib, unday 
kishilarni «xavorij», ya’ni isyonkorlar, dindan kamon o‘qi kamon­
dan otilgani kabi juda tez otilib chiqadigan kishilar, deb sifatlan­
gan. Rasululloh (s.a.v.) bunday illatdan musulmon ummatini o‘z 
vaqtida ogoh etganlar.
Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan rivoyat qiladi: 
Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: «Qiyomat kuni olti toifa kishi ol­
ti narsa bilan hisob qilinmasdan oldin do‘zaxga kiradi». So‘rash­
di: «Yo Rasululloh, ular kimlardir?» Aytdilar: «Mendan keyingi 
amirlar jabr­zulm tufayli; ahrobiylar mutaassiblik tufayli; bosh­
liqlar kibr­havo tufayli; savdogarlar xiyonat tufayli; boylar johillik 
tufayli; ahli ilmlar esa hasad tufayli do‘zaxga kiradilar». 
Islom ulamolari mazkur hadisdagi «ahrobiylar» iborasini 
sha riat ilmidan bexabar, savodsiz kishilar deb tafsir qilganlar. 
Demak, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bashorat berganlaridek, shariat 
ilmidan bexabar kishilarning din nomidan ish yuritishi inson 
va jamiyat uchun ko‘plab ko‘ngilsizliklarni, fitnalarni kelti rib 
chiqaradi. Alloh taolo fitna haqida o‘zining kalomi sharifi­


283
da «(Odamlarni) aldab, fitnaga solish o‘ldirishdan (ham) yo­
monroqdir», – deb o‘z bandalarini fitnadan ehtiyot bo‘lishga 
buyuradi.
«Xavorij – Xorijiylar» bunga yaqqol misol bo‘la oladi. Shu­
ningdek dinni qattiq ushlash, o‘tmish sahobalar va salaf peshvo­
lardan faqat bittasiga haddan ziyod muhabbat bog‘lab, qolganla­
rini inkor qilish oqibatida ham musulmonlar orasida turli nizolar 
kelib chiqishiga hamda har xil aqidaviy, siyosiy firqalarning pay­
do bo‘lishiga omil yaratdi. Bunga o‘tmishdagi shia oqimidagi 
«Alaviylar» firqasini misol qilib keltirish mumkin. Ular o‘zla rini 
Ali (r.a.)ning izdoshlari deb atab, unga bo‘lgan muhabbatlari­
ning kuchliligidan, hatto islom shariatiga va aqidasiga zid bo‘lgan 
da’volarni ko‘tarib chiqdilar va musulmonlar o‘rtasida aqidaviy 
ixtiloflarni yuzaga keltirdilar.
Alloh taolo «Niso» surasining 59­oyatida qat’iy qilib: «Ey 
mo‘minlar, Allohga itoat qilingiz, va payg‘ambarga hamda o‘zla­
ringizdan bo‘lgan (ya’ni musulmon) hokimlarga bo‘yinsuningiz! 
Bordiyu biron narsa haqida talashib qolsangiz — agar haqiqa­
tan Allohga va oxirat kuniga ishonsangiz — u narsani Allohga 
va payg‘ambariga qaytaringiz! Mana shu yaxshiroq va chiroyli­
roq yechimdir».
«Niso» surasining mazkur oyatida Alloh taolo bandala 
rini 
O‘ziga va Rasuliga hamda o‘z oralaridan chiqqan musul 
mon 
boshliqlarga itoat etishni buyurib, biror muammoli masalaga duch 
kelinganda uning yechimini «Alloh va payg‘ambariga» havola 
etishni, ya’ni bunday holda Qur’on va hadisga murojaat qilishni 
buyurmoqda. Darhaqiqat, ixtilof vaqtidagi masalaning eng to‘g‘ri 
yechimi, qanday yo‘l bilan bo‘lsa ham firqalarga ajralishning ol­
dini olishdir. Buning uchun esa musulmon kishi Qur’oni karim­
da buyurilganidek, Alloh taoloning kitobi va rasulining sunnatiga 
so‘zsiz ergashib, Alloh va Rasuliga hamda o‘zlaridan bo‘lgan rah­
barlarga itoat etishi shart. Musulmon kishi ko‘r­ko‘rona taqlid qil­
masdan, balki Alloh taoloning kalomi va payg‘ambarining hadis­
lariga ergashmog‘i, agar o‘ziga lozim bo‘lgan aqidaviy va sharhiy 


284
masalalarni bilishga o‘zining ilmi yetarli bo‘lmasa, unda o‘zi­
ning sharhiy va aqidaviy masalalarini ishonchli, taqvodor, olim 
kishilardan so‘rab bilmog‘i hamda uni amalga tatbiq etishda fitna 
keltirib chiqarishdan ehtiyot bo‘lmog‘i kerak.
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dinda qanday yo‘l tutish lozimligi ha­
qida shunday ko‘rsatma beradilar: 
«Din yengildir, hech kim uni qiyin­
lashtirib yubormasin, mabodo qi­
yinlashtirib yuborsa, din uni yengib 
qo‘yadi...», ya’ni, farz qilingan ibo­
datlardan tashqari ibodatlarni va so­
lih amallarni haddan ziyod o‘z zim­
masiga yuklab olishi natijasida ularni bajara olmay hammasini 
tark etishga sabab bo‘ladi.
Oisha (r.a.)dan rivoyat qilingan quyidagi hadisda Rasululloh 
(s.a.v.) ibodatlarni bajarishda Alloh taoloning fazlidan umid 
qilgan holda mo‘tadil bo‘lishni buyuradilar: «Toat­ibodatlarin­
gizni to‘g‘ri, mo‘tadil ado etinglar, bilinglarki, birortangizni 
qilgan toat­ibodatingiz jannatga kiritmaydi. Alloh taolo xush­
laydigan toat­ibodat, qisqa bo‘lsa­da, uzluksiz ado etiladigan 
ibodatdir!»
Ibn Abbos (r.a.) va Oisha (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Payg‘amba­
rimiz Muhammad (s.a.v.): «Albatta, Islom kuchga to‘lib, kenga­
yib boraveradi, so‘ng bir muddat bo‘shashib kuchsizlanadi. Kim­
ga dindagi mana shu bo‘shashishlik dinda chuqur ketish va bid’at 
tomonga (burilishga sabab) bo‘lsa, ular do‘zax ahlidan hisoblana­
di», – dedilar. 
Hozirgi tezkor axborot asrida bu illatlarning ba’zi bir man­
faatdor doiralar tomonidan qo‘llab­quvvatlanishi, o‘z manfaatlari 
uchun dindan ustamonlik bilan foydalanishga urinishlari tash­
vishlanarli holdir. Xalqimizning tinchligiga rahna solib, musaf­
fo osmonimizni notinch qilishga, yoki yoshlarimiz ongiga din va 
madaniyat niqobi ostida bizga yot bo‘lgan turli g‘oyalarni tiqishti­
rishga urinayotganlar ham oz emas. Bunday holga beparvo, be­
«Din yengildir, hech 
kim uni qiyinlashti­
rib yubormasin, mabo­
do qiyinlashtirib yuborsa, 
din uni yengib qo‘yadi...» 
Hadis


285
farq qarab turish gunohi azimdir. Shubhasiz bu biz fuqarolardan 
doimiy sergaklik, hushyorlikni talab qiladi. Hurmatli Birinchi 
Prezidentimiz aytganlaridek: «Xushyorlik, ogoh bo‘lib yashash – 
bir kunlik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki kundalik 
ish, kundalik amaliy harakat bo‘lishi lozim».

Yüklə 4,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin