Xemosintez . Xemosintez hodisasini 1887-yil rus olimi
S. N. Vinogradskiy kashf etgan. Xemotrofl ar anorganik moddalardan organik moddalarni
sintezlashda, anorganik moddalarning oksidlanish reaksiyalarida hosil bo‘lgan
energiyadan foydalanadi. Xemoavtotrof organizmlarning hujayralarida
anorganik birikmalar oksidlanishidan hosil bo‘lgan energiya ATFning fosfat
bog‘lari energiyasiga aylanadi, ATF organik moddalarning sinteziga sarfl anadi.
Xemosintezlovchi bakteriyalarning bir necha turlari ma’lum.
Temir bakteriyalari ikki valentli temirni uch valentli birikmalargacha
oksidlab, hosil bo‘lgan energiya hisobiga uglerodning anorganik birikmalaridan
organik moddalarni sintezlaydi.
4 FeCO
3 + O
2 + 6H
2 O = 4Fe(OH)
3 + 4CO
2 + energiya
Nitrifi kator bakteriyalar organik moddalarning chirishidan hosil bo‘lgan
ammiakni nitritlarga (HNO
2 ), nitritlarni nitratlargacha (HN0
3 ) oksidlab, shu
jarayonda hosil bo‘ladigan energiyadan foydalanadi:
2NH
3 + 3O
2 = 2HNO
2 + 2H
2 O + energiya
2NHO
2 + O
2 = 2HNO
3 + energiya
Azot kislotasi esa tuproqdagi minerallar bilan birikib, o‘simliklar o‘zlashtira
oladigan azotli o‘g‘itlar hosil qiladi.
Oltingugurt bakteriyalari vodorod sulfi dni molekular oltingugurtga yoki
sulfat kislotagacha oksidlab o‘z tanasida oltingugurt to‘playdi. Vodorod sulfi d
yetishmaganida bakteriyalar o‘z tanasida to‘planib qolgan oltingugurtni sulfat
kislotagacha oksidlashdan ajraladigan energiyadan foydalanadi.
2H
2
S + O
2
→ 2H
2
O + 2S + energiya