Biolog 10 indd


Matritsali sintez reaksiyalari



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

Matritsali sintez reaksiyalari. 
Genetik axborot DNK molekulasidagi 
nukleotidlar ketma-ketligida ifodalangan. Genetik axborot asosida biopolimerlar 
sintezlanishi matritsali sintez reaksiyalari deyiladi. Bu reaksiyalarga DNK 
sintezi – reduplikatsiya, RNK sintezi – transkripsiya, oqsil biosintezi – 
translatsiya kiradi. Matritsali sintez reaksiyalari asosida nukleotidlarning o‘zaro 
komplementarligi yotadi. 
DNK reduplikatsiyasi.
Irsiy axborotni nasldan naslga o‘tkazish DNK 
molekulasining fundamental xususiyati – reduplikatsiyasi bilan bog‘liq. DNK 
molekulasining ikki hissa ortishi reduplikatsiya deyiladi. DNK molekulasining 
dastlabki qo‘sh zanjiri maxsus fermentlar yordamida ikkita alohida zanjirlarga 
ajraladi. DNKning bir zanjiri yangi zanjirning sintezi uchun matritsa bo‘lib 
xizmat qiladi. DNK – polimeraza fermenti ishtirokida hujayradagi erkin 
nukleotidlardan foydalanib, ATF energiyasi hisobiga DNKning yangi komple-
mentar zanjiri sintezlanadi. Bu jarayon hujayra sikli interfaza bosqichining 
sintez davrida sodir bo‘ladi. 
Hujayrada irsiy axborotning amalga oshirilishi.
Organizmlar hayotining 
asosiy sharti, bu – hujayralar oqsil molekulasining sintezlay olish qobiliyatidir. 
Har bir tur boshqa turlardan farqlanuvchi, unikal oqsillar to‘plamiga ega. Turli 
organizmlarda bir xil funksiyani bajaradigan oqsillar ham aminokislotalar soni 
va izchilligi bilan farqlanadi. Muhim hayotiy funksiyalarni bajaruvchi oqsillar 
barcha organizmlarda o‘xshash bo‘ladi.
Tashqi muhitdan ovqat tarkibida qabul qilingan oqsillar bevosita 
shu organizmning hujayralari oqsillari o‘rnini bosa olmaydi. Bu oqsillar 
organizm larning hazm qilish organlarida aminokislotalarga parchalanadi. Bu 


48
aminokislotalar ichakdan qonga so‘rilib, hujayralarga yetib boradi. Genetik 
axborot asosida har bir hujayra o‘ziga xos bo‘lgan oqsillarni sintezlaydi. 
Oqsillarning faoliyat ko‘rsatish muddati cheklangan bo‘lib, ma’lum vaqtdan 
so‘ng ular parchalanadi. Ularning o‘rniga to‘xtovsiz yangi oqsillar hosil bo‘ladi. 
Oqsillar strukturasini DNKdagi nukleotidlar ketma-ketligi belgilaydi. 
Oqsillarning birlamchi strukturasi haqidagi genetik axborotlar DNK zanjirida 
nukleotidlar izchilligi tarzida birin-ketin joylashgan. DNKning bir polipeptid 
zanjiridagi aminokislotalar yoki ribosomal va transport RNK molekulalaridagi 
nukleotidlar izchilligini belgilaydigan bir qismi 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin