52
28-rasm.
Xromosomaning tarkibi.
Hujayra bo‘linayotgan vaqtda xromosomaning
birlamchi sentromerasiga
mikronaychalar birikadi va ularni qutblarga tortadi. Bu davrda har bir
xromosoma ikkita xromatidalardan iborat bo‘ladi.
Tirik organizmlar har bir turining hujayrasida
xromosomalar soni
hujayralarida o‘zgarmas, ya’ni bir xil bo‘ladi. Bu holat
xromosomalar
sonining
doimiylik qoidasi
deyiladi.
Jinsiy hujayralarda somatik (tana) hujayralarga nisbatan xromosomalar soni
ikki hissa kam bo‘ladi. Jinsiy hujayralarda
xromosomalar
gaploid
to‘plamda,
somatik hujayralarda esa xromosomalar juft, ya’ni
diploid
to‘plamda bo‘ladi.
Xromosomalar to‘plami
n
, shu to‘plamga xos DNK soni
c
harfl ari bilan ifoda
etiladi. O‘lchami, shakli bilan bir-biriga o‘xshash, biri otadan, ikkinchisi onadan
o‘tadigan xromosomalar
gomolog xromosomalar
deyiladi. Masalan,
odamning
somatik hujayralarida 23 juft xromosoma bo‘ladi. Xromosomalarning miqdor
(soni, o‘lchami) va sifat belgilari yig‘indisi
kariotip
deyiladi. Xromosomalar
soni va tuzilishining doimiyligi biologik tur uchun xos xususiyat hisoblanadi.
Hujayraning hayotiy sikli.
Ona hujayraning bo‘linib ko‘payishidan hosil
bo‘lgan hujayraning bo‘linib ko‘payishi yoki nobud bo‘lgunigacha bo‘lgan
davr hayotiy sikl (hujayra sikli) deyiladi. Hujayra
hayotiy sikli bir nechta
davrlardan iborat:
Bo‘linish davri.
Bunda hujayraning bo‘linishi sodir bo‘ladi.
8 ta giston oqsili molekulasi
nukleosomalardan iborat fi brillalar
xromosoma
xromatin
DNK
2 nm
30 nm
300 nm
700 nm
1400 nm
53
O‘sish davri.
Hujayra bo‘linib ko‘paygach, ma’lum o‘lchamlarga
qadar
hajmi ortadi, o‘sa boshlaydi.
Di
ff
erensiatsiyalanish (ixtisoslashish) davri.
Bu davrda hujayra ma’lum
tuzilish va funksional xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Yetuklik davri.
Hujayra ixtisosligiga mos holda u yoki bu funksiyani
bajaradi.
Qarish davri.
Bu davr hujayra hayotiy funksiyalarining
pasayishi bilan
ifodalanadi, hujayraning bo‘linishi yoki nobud bo‘lishi bilan yakunlanadi.
Hujayralar bo‘linishining ikkita usuli bor: mitoz va meyoz.
М
itoz
– eukariot hujayralarning bo‘linishi jarayoni bo‘lib, uning natijasida
dastlab irsiy material ikki hissa ortadi, so‘ngra qiz hujayralar o‘rtasida teng
taqsimlanadi.
Mitoz sikli
– hujayraning bo‘linishga tayyorgarlik –
Dostları ilə paylaş: