Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

transkripsiya
deyiladi (26-rasm). 
Translatsiya (oqsil sintezi).
Bu jarayonda i-RNK matritsa hisoblanadi

Translatsiya irsiy axborotni i-RNK tilidan aminokislotalar tiliga tarjima 
qilish. Translatsiya jarayonida RNKdagi axborot asosida ribosomalarda oqsil 
molekulasining birlamchi strukturasi hosil qilinadi. Ribosomalar i-RNKning 
oqsil sintezi boshlanadigan uchi bilan bog‘lanadi. i-RNKning bu uchida 
AUG triplet joylashgan bo‘lib, bu triplet translatsiyani boshlovchi 
«
start 
kodon»
deyiladi. Ribosomalarda i-RNK kodonlariga t-RNK antikodonlari 


50
komplementar tarzda bog‘lanadi. t-RNK tomonidan keltirilgan aminokislotalar 
fermentlar yordamida ATF energiyasi hisobiga o‘zaro peptid bog‘lar orqali 
birikadi, ya’ni oqsil sintezlanadi (27-rasm). 
27-rasm.
Translatsiya jarayoni.
Demak, matritsali sintez reaksiyalari orqali genetik axborotning uzatilishi 
organizmlarning ko‘payishi, regeneratsiyasi, hujayralarning bo‘linishi kabi 
jarayonlar ta’minlanadi.
Tayanch so‘zlar: 
matritsali sintez, reduplikatsiya, transkripsiya, translatsiya, 
genetik kod, start kodon, stop kodon. 
Savol va topshiriqlar:
1. Replikatsiya, transkripsiya so‘zlarining ma’nosini tushuntirib bering.
2. DNKdan RNKning sintezlanish mexanizmini izohlang.
3. Genetik kod xususiyatlari nimalardan iborat?
4. Matritsali sintez nima?
5. Oqsil sintezida ribosomalar qanday funksiyalarni bajaradi?
6. t-RNKning oqsil biosintezidagi funksiyasini izohlang.
11-§. HUJAYRANING HAYOT SIKLI
Tirik organizmlarning irsiy axborotni saqlash va keyingi avlodga 
o‘tkazishdek eng muhim xususiyati xromosomalardagi DNKga bog‘liq. Bir 
bo‘linishdan ikkinchi bo‘linishgacha bo‘lgan davrda har bir xromosoma bitta 
DNKdan iborat bo‘ladi. Yadroning bo‘linishidan avval reduplikatsiya tufayli 
DNK molekulalari soni ikki hissa ortadi. Natijada har bir xromosoma ikkita 
xromatidadan iborat bo‘ladi. Yadro bo‘linishidan avval xromosomalar yorug‘lik 


51
mikroskopida aniq ko‘rinmaydigan, lekin maxsus bo‘yoqlar yordamida 
bo‘yaladigan uzun va ingichka tuzilmalar holida bo‘lib, bu tuzilmalar xromatin 
deb ataladi. Spirallanish darajasiga ko‘ra xromatinda ikki xil qismlarni farqlash 
mumkin. 
Euxromatin – 
xromatinning spirallashmagan, mikroskopda ko‘rinmay-
digan ingichka, genetik jihatdan faol qismi. 
Geteroxromatin
– xromatinning 
spirallashgan, zichlashgan, genetik jihatdan nofaol qismi. 
Yadroning bo‘linishidan avval xromatin kuchli spirallashgan, kaltalashgan, 
yog‘onlashgan strukturani, xromosomani hosil qiladi. Xromosomalar birin-
chi marta Fleming (1882) va Strasburger (1884) tomonidan aniqlangan. 
«Xromosoma» atamasini fanga Valdeyer taklif etgan.
Xromosomalar quyidagi funksiyalarni bajaradi: irsiy axborotni saqlash, 
hujayra faoliyatini tashkil etishda irsiy axborotdan foydalanish, irsiy axborotning 
o‘qilishini nazorat qilish, irsiy axborotni ikki hissa orttirish, ularning nasldan 
naslga o‘tishini ta’minlash. 
Xromosomalar kimyoviy tarkibiga ko‘ra DNK (40%) va oqsillar (60%)dan 
tarkib topgan. DNK irsiy axborotni saqlash, oqsillar tuzilma va regulatsiya 
(boshqarish) funksiyalarini bajaradi. Bo‘linayotgan hujayrada xromosomalar 
kuchli spirallashuvi tufayli irsiy material ixcham shaklga kiradi. Bu holat 
xromosomalarning mitoz davrida hujayra bo‘ylab harakatlanishida muhim 
ahamiyat kasb etadi. Odam hujayrasidagi DNKning umumiy uzunligi 2 metr 
bo‘lsa, spirallashgan xromosomalarning umumiy uzunligi 150 mkm (mikron) 
ga teng bo‘lib qoladi (28-rasm). 
Xromosomalar bo‘linayotgan hujayralarda, ay niq sa, mitozning meta-
fazasida yorug‘lik mikrosko pida yaxshi ko‘rinadi. Bunday xromosomalar 
ikkita yelkadan iborat bo‘lib, ularning o‘rtasida birlamchi belbog‘ (sentromera) 
joylashadi. Xromosomalarning shakli aynan sentro meraning joylashuviga 
bog‘ liq. 
Asosan uch xil tipdagi xromosomalar farq la nadi: 1) teng yelkali – 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin