kariokinez –
yadroning bo‘linishi va
sitokinez – sitoplazmaning bo‘linishi, bunda hosil bo‘lgan ikkita qiz hujayra
bittadan yadroga ega bo‘ladi. Hujayraning bevosita bo‘linishiga, odatda 1–3
soat sarfl anadi, ya’ni hujayra hayotining asosiy qismi interfaza davrida bo‘ladi.
Mitoz bo‘linishning birinchi bosqichi
profaza (pro – namoyon, phosis – davr) bo‘lib, bunda xromatinlarning spirallashuv hisobiga yo‘g‘onlashishi va
kaltalashishi kuzatiladi. Ular juft-juft xromatidalar holatida bo‘lib, yorug‘lik
mikroskopida ko‘rina boshlaydi. Xromosomalardagi xromatidalar sentromera
orqali birikkan bo‘ladi. Yadrocha parchalanadi. Sentriolalar bir-biridan itarilib
hujayra qutblari tomon harakatlanadi, bo‘linish urchug‘i shakllana boshlaydi.
Profazaning oxirida yadro qobig‘i parchalanadi, natijada juft-juft xromatidalar
sitoplazma va karioplazmaning umumiy massasida joylashadi.
Metafaza (meta – keyin) da xromatidalar zichlashib, yo‘g‘onlashib, hujayra
markazi bo‘ylab to‘planadi. Xromatidalar sentromerasi ekvator tekisligida
joylashadi. Bo‘linish urchug‘i iplari (axromatin iplari) har bir xromosomaning
sentromerasiga ikki qutbdan birikadi.
Anafaza (
ana – qayta ) bosqichi xromosomalardagi sentromeralar bo‘linib,
yakka holatdagi xromatidalar bo‘linish urchug‘ining qisqarishi hisobiga
qutblarga tarqaladi. Har bir qutbda teng miqdordagi xromosomalar tarqaladi va
ularning bo‘linishdan oldingi hujayraning xromosoma soniga muvofi q bo‘ladi.
Telofazada (
telos – tugal ) xromosoma iplarining yoyilishi, ingichka lashi-
shi, uzayishi kuzatiladi. Xromosomalarning har bir guruhi atrofi da yadro qobig‘i
paydo bo‘ladi, yadrocha shakllanadi. Bo‘linish urchug‘i parchalanadi. Shundan
so‘ng sitokinez boshlanadi. Hayvon hujayralarining ekvotorial tekisligida
botiqlik paydo bo‘lib, u borgan sari chuqurlashib boradi va sitoplazma bo‘linishi
tugallanadi. Qalin selluloza qobig‘i bo‘lgani sababli o‘simlik hujayralaridagi
sitokinez jarayoni hujayraning ekvator qismida endoplazmatik to‘r orqali tashib
keltirilgan maxsus moddalardan to‘siq hosil bo‘lishi bilan boshlanadi. So‘ng
to‘siqning har ikki tomonida hujayra membranasi, hujayra qobig‘i shakllanib
ikkita qiz hujayra paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan yangi qiz hujayralar interfaza
bosqichiga o‘tadi.