Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

33-rasm.
O‘simliklarda moddalar 
almashinuvi.
Mineral oziqlanish
Suv bug‘latish
Yuqoriga 
ko‘tariluvchi 
oqim
Pastga 
tushuvchi 
oqim
Ildiz tukchalari
Fotosintez
Suv va mineral tuzlar


62
34-rasm.
Organizm va tashqi muhit o‘rtasida moddalar almashinuvi.
Bir hujayrali organizmlar boshqarilishi gumoral-kimyoviy yo‘l bilan 
amalga oshadi.
O‘simliklarda o‘sish va morfofi ziologik rivojlanishini biologik faol mod-
dalar stimulatorlar – fi togormonlar (auksin, gibberellin, sitokinin) boshqaradi. 
Bir va ko‘p hujayrali organizmlar va ularning hayot faoliyatidagi 
o‘zi ga xos xususiyatlar.
Barcha tirik organizmlarda harakatlanish, nafas olish, oziqlanish, ayirish, 
modda va energiya almashinuvi, ichki va tashqi muhit omillariga qo‘zg‘alish 
orqali javob qaytarish, himoyalanish, o‘sish, rivojlanish, ko‘payish orqali irsiy 
axborotni nasldan naslga o‘tkazishi kabi hayotiy jarayonlar kuzatiladi.
Bir hujayrali organizmlar biosferada muhim o‘rin tutadi. Ular orasida fo-
tosintezni amalga oshiradigan avtotrofl ar (yashil suvo‘tlari, sianobakteriyalar) 
suvo‘tlari bilan oziqlanadigan fi totrofl ar, yirtqich va parazitlik qiladigan 
geterotrofl ar, o‘simlik va hayvon qoldiqlari bilan oziqlanadigan saprofi tlar 
mavjud. Bir hujayralilarda metabolitik jarayonlar jadal sur’atda sodir bo‘ladi, 
shu sababli, biogeosenozda modda va energiya almashinuvida, ayniqsa 
uglerodning davra bo‘ylab aylanishida muhim ahamiyatga ega.


63
Ko‘p hujayrali organizmlarning tanasi muayyan sondagi va aniq vazifani 
bajarishga ixtisoslashgan to‘qima, organlar va organlar sistemasidan iborat.
Ular tanasidagi hujayralar bajaradigan vazifalariga ko‘ra: somatik va 
jinsiy hujayralarga bo‘linadi. Somatik hujayralar organizmning o‘sishi va 
rivojlanishini ta’minlasa, jinsiy hujayralar ko‘payish vazifasini bajaradi.
Bir hujayrali organizmlardan farqli ravishda ko‘p hujayralilarda har bir 
hayotiy jarayonni amalga oshirishga ixtisoslashgan hujayra, to‘qima, organlar 
va organlar sistemasi mavjud. Ko‘p hujayrali organizmlar hayot faoliyati 
ixtisoslashgan organlarning tinimsiz o‘zaro aloqadorlikda ishlashiga bog‘liq.
Hujayra, to‘qima va organlarning ixtisoslashuvi tuzilish va funksional 
birlikka asoslangan, har bir to‘qima va organlarning tuzilishida ularning 
bajaradigan funksiyasiga mosligini ko‘rish mumkin.
Hayotning organizm darajasini o‘rganishda organizm biologik sistema, 
irsiyat va o‘zgaruvchanlik, modda va energiya almashinuvi, ko‘payish va 
rivojlanish kabi umumbiologik qonuniyatlardan foydalaniladi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin