Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

qo‘sh urug‘lanish
deb ataladi (40-rasm).
40-rasm. 
Gulli o‘simliklarda qo‘sh urug‘lanish jarayoni.
Urug‘kurtakning urug‘langan hujayralari ko‘p marta bo‘lina boshlaydi. 
Urug‘langan tuxum hujayra – zigotadan 
murtak, 
urug‘langan markaziy 
hujayradan esa endosperm rivojlanadi. Murtak bilan endosperm birgalikda 
urug‘ni hosil qiladi. Shunday qilib, qo‘sh urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak 
urug‘ga aylanadi. Uning po‘stidan shu urug‘ni o‘rab turadigan po‘st, tuguncha 
va gulning boshqa qismlaridan esa meva hosil bo‘ladi.
Hayvonlarda jinsiy ko‘payish. 
Bir hujayrali organizmlarda jinsiy 
jarayon – kopulatsiya (lotincha kopu latio – qo‘shilish) jarayoni kuzatiladi. 
Bunda maxsus jinsiy hujayralar – gametalar qo‘shilib zigotani hosil qiladi. Bu 


72
organizmlarda – gametalar ona hujayraning ko‘p marta bo‘linishi natijasida 
hosil bo‘ladi. Gametalarning qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotadan tinim davri 
o‘tgach, yangi yosh organizmlar hosil bo‘ladi. 
Konyugatsiya jarayonida maxsus jinsiy hujayralar hosil bo‘lmaydi. 
Konyugatsiya (lotincha 
konyugatsiya
– birikish, bog‘lanish so‘zlaridan 
olingan) infuzoriyalarda kuzatiladi. Infuzoriya tufelkaning katta yadrosi 
konyugatsiyadan avval erib ketadi. Kichik yadro bo‘linib ikkita gaploid 
yadrolarni hosil qiladi. Ikkita tufelka bir-biriga yaqin kelib, ular o‘rtasida 
qo‘shni hujayralar sitoplazmasini bog‘lovchi ko‘prikcha yuzaga keladi. Har ikki 
tufelka yadrolarining biri sitoplazma suyuqligi bilan boshqasiga o‘tadi. Har bir 
tufelkadagi ikkita gaploid yadrolar o‘zaro qo‘shilib, diploid yadroni hosil qiladi. 
Konyugatsiyada ishtirok etgan tufelkalar tarqalib alohida hayot kechiradi. 
Konyugatsiya natijasida genetik axborot almashinuvi (rekombinatsiya) sodir 
bo‘lgani uchun yangi hosil bo‘lgan individlar genotipi dastlabki individlar 
genotipidan farq qiladi. 
Ko‘p hujayrali organizmlarda urug‘lanib va urug‘lanmasdan (partenogez) 
ko‘payish farqlanadi.

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin