Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

41
-
rasm.
Hayvonlarda gametogenez jarayoni. 
Urug‘lanish deb tuxum hujayra bilan spermatozoidning qo‘shilishi natija-
sida zigota hosil bo‘lishiga aytiladi. Zigotadan yangi organizm rivojlanadi. 
Partenogenez
. Ayrim hayvonlarda, jumladan chuvalchanglar, asalarilar, 
chumolilar, o‘simlik bitlari, tuban qisqichbaqasimonlarda tuxum hujayra 
urug‘lanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunday rivojlanish partenogenez deb 
ataladi. Tabiiy 
partenogenez
asalarida kuzatiladi. Asalarida urug‘langan 
tuxum hujayradan urg‘ochi ari, urug‘lanmagan tuxum hujayradan erkak 
arilar – trutenlar rivojlanadi. Hozirgi vaqtda partenogenez faqat tabiiy holda 
uchrabgina qolmay, balki uni sun’iy olish imkoniyati ham mavjud. Bunda fi zik 


74
(mexanik ta’sirlar, elektr toki, issiqlik va boshqalar) va kimyoviy omillardan 
foydalaniladi. Masalan, urug‘lanmagan baqa tuxum hujayrasiga nina bilan ta’sir 
qilib, undan yetuk baqani rivojlantirish mumkin, ularning hammasi urg‘ochi 
jinsli bo‘ladi. B. L. Astaurov (1904–1974) sun’iy partenogenez yordamida 
erkak jinsli ipak qurtlarini yaratish usulini ishlab chiqqan.
Tayanch so‘zlar:
 
izogamiya, geterogamiya, oogamiya, kopulatsiya, konyugatsiya, 
gametogenez, ovogenez, spermatogenez, partenogenez.
Savol va topshiriqlar:
1. Jinsiy ko‘payishning qanday turlarini bilasiz?
2. Bir hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering.
3. Konyugatsiya va kopulatsiyaning farqlarini ta’rifl ang.
4. Ko‘p hujayralilarning jinsiy ko‘payishini aytib bering.
5. Ko‘p hujayralilarda urug‘lanmasdan ko‘payishni ta’rifl ang.
6. Jinsiy ko‘payishning ahamiyatini izohlang.
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar

1-topshiriq.
Spermatogenez va ovogenez jarayonini qiyosiy taqqoslang. 
Spermatogenez
Umumiy jihatlar
Ovogenez
O‘ziga xos jihatlar
O‘ziga xos jihatlar
2-topshiriq. 
Hayvonlarda va gulli o‘simliklarda jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi 
va urug‘lanish jarayonlarini qiyoslang.
Gulli o‘simliklar
Umumiy jihatlar
Hayvonlar
O‘ziga xos jihatlar
O‘ziga xos jihatlar

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin