Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

56-rasm.
Genlarning o‘zaro 1:4:6:4:1 nisbatda polimer 
ta’siri. 
noallel gen ishtirokida F

da fenotip bo‘yicha nisbat 15:1 bo‘ladi. Masalan, 
jag‘jag‘ o‘simligida qo‘zoqcha mevasi uchburchak va tuxumsimon shaklda 
bo‘ladi. Agar qo‘zoqchasi uchburchak jag‘jag‘ bilan qo‘zoqchasi tuxumsimon 


101
shakldagi jag‘jag‘ chatishtirilsa, F
1
avlodda qo‘zoqcha mevalarning uchburchak 
shakli hosil bo‘ladi, F
2
duragaylarining 
15
/
16 
qismi uchburchak, 
1
/
16
qismi esa 
tuxumsimon shakldagi mevaga ega bo‘ladi.
Pleyotropiya.
Genlarning ko‘p tomonlama ta’siri 
pleyotropiya 
deyiladi. 
Genlarning pleyotrop ta’siri biokimyoviy tabiatga ega: bitta gen nazorati ostida 
hosil bo‘ladigan bitta oqsil – ferment nafaqat bitta belgining yuzaga chiqishiga
shuningdek, boshqa turli xil belgi va xususiyatlarga ham ta’sir etib, ularda 
o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi. Genlarning pleyotrop ta’siri birinchi marta 
G. Mendel tomonidan aniqlangan, bunda u to‘q qizil gulli o‘simliklarning 
barg qo‘ltig‘ida qizil dog‘larni, urug‘ po‘sti esa kulrang yoki qo‘ng‘ir rangda 
bo‘lishini kuzatgan. Bunday belgilarning rivojlanishi bitta irsiy omil (gen) 
ta’sirida amalga oshadi. 
Odamda retsessiv irsiy kasallik – o‘roqsimon anemiya uchraydi. Gemo -
g lobin molekulasida aminokislotalardan birining o‘rin almashib qolishi eritrotsit 
shaklining o‘zgarishiga olib keladi. Shu bilan bir vaqtda yurak-qon tomir, nerv, 
ovqat hazm qilish, ayirish sistemalarida chuqur o‘zgarishlar yuzaga chiqadi. 
Mazkur kasallik bo‘yicha gomozigota organizm bolalikda nobud bo‘ladi. 
Shunday qilib, «gen belgining rivojlanishini belgilaydi» degan ibora 
ma’lum darajada shartlidir, chunki genning ta’siri boshqa genlarga bog‘liq. 
Genlarning o‘zaro ta’siri yuzaga chiqishiga tashqi muhit omillari ham ta’sir 
ko‘rsatadi. Genotip o‘zaro ta’sirlashadigan genlar sistemasidir. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin