105
57-rasm.
Gen mutatsiyasi. 1 – mutatsiyadan
avval DNK va oqsil strukturasi;
2 – mutatsiyadan so‘ng DNK va oqsil strukturasi.
Agar mutatsiya dominant bo‘lsa, birinchi avlodning o‘zidayoq yuzaga chiqadi.
Retsessiv bo‘lsa, ikkinchi yoki undan keyingi avlodlarda paydo bo‘lishi mumkin.
Mutatsiyalarning kelib chiqish sabablariga ko‘ra: spontan va indutsirlangan
mutatsiyalarga ajratiladi. Spontan mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi sabab
aniq emas, ular o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladigan mutatsiyalardir. Atrof-muhitda
mutagen omillar ko‘p bo‘lsa, ular spontan mutatsiyalarni
bir necha martaga
oshirib yuboradi.
Indutsirlangan mutatsiyalar (keltirib chiqarilgan mutatsiyalar) inson tomonidan
ma’lum maqsadlarda hosil qilinadi. Bunday mutatsiyalarni keltirib chiqaruvchi
mutagenlar 3 guruhga ajratiladi:
fi zik
(radioaktiv nurlar, rentgen nurlari, harorat);
kimyoviy
(organik va anorganik moddalar);
biologik
(viruslar, toksinlar).
Dostları ilə paylaş: