107
ko‘plab poliploid formalar oldilar. Kolxitsin moddasi bo‘linish urchug‘ining
hosil bo‘lishini buzadi va oqibatda mitozning anafazasida xromosomalar ikki
qutbga tarqalmay ona hujayra markazida qoladi.
Poliploidiya ikki xil bo‘ladi:
avtopoliploidiya
va
allopoliploidiya
.
Avtopoliploidiya
bir turga mansub organizm xromosomalarining karrali ortishi.
Avtopoliploidlar muvozanatli (4n, 6n, 8n va hokazo) va muvozanatsiz (3n, 5n,
7n va hokazo)ga ajraladi. Muvozanatli avtopoliploidlar xromosomasi diploid
bo‘lgan organizmlarga qaraganda poya, barg, gul, meva urug‘lari yirik bo‘ladi.
Allopoliploidlar har xil turga mansub
organizm xromosomalarining
birlashishidan hosil bo‘ladi. Allopoliploidiya turlararo duragay organizmlardagi
xromosoma to‘plamining karrali ortishidir. XX asrning 20-yillarida
G. D. Karpe chenko
karam (
Brassia oleraceae
) bilan turp (
Raphanus
sativus
)ni chatishtirib duragay olgan. Bunday turlararo duragaylarning
vegetativ organlari kuchli rivojlansa ham ular pushtsiz bo‘lgan.
Chunki
turlararo duragaylarda xromosomalar soni 18 ta bo‘lsa ham ularning 9 tasi
karamga, 9 tasi turpga tegishli bo‘lgani sababli ularning xromosomalari bir-
biri bilan konyugatsiyalanmaydi va oqibatda gametalarning hosil bo‘lishi
normal bormaydi. G. D. Karpechenko urug‘chi
va changchi gametalarining
ayrimlari ikki avlodning xromosomalar yig‘indisiga (9R+9B) ega ekanligini
aniqladi. Bunday diploid to‘plamli xromosomaga ega urug‘chi
va changchi
gametalarining o‘zaro qo‘shilishidan 36 xromosomali tetraploid nasl beruvchi
o‘simlik olindi. Bug‘doyning tetraploid (28) va geksoploid (42) xromosomali,
g‘o‘zaning tetraploid (52) xromosomali turlari mavjud.
Aneuploidiya
hodisasi xromosomalar soni ortishi yoki kamayishi bilan
aloqador. Ayrim holatlarda meyoz jarayonida xromosomalar
ikki qiz hujayraga
teng taqsimlanmasligi mumkin. Bunda bir gametaga bitta,
ikkita yoki uchta
xromosoma ortiqcha, ikkinchi gametaga shuncha xromosoma kam taqsimlanadi.
Agar zigotada bitta xromosoma ortiqcha bo‘lsa trisomik, bitta xromosoma kam
bo‘lsa monosomik, bir juft ortiqcha bo‘lsa tetrasomik, bir juft kam bo‘lsa
nullisomik deb ataladi. Xromosomalarning son
jihatdan ortiqcha yoki kam
bo‘lishi fenotipda jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.
Dostları ilə paylaş: