Biolog 10 indd



Yüklə 3,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/197
tarix06.09.2023
ölçüsü3,63 Mb.
#141664
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   197
Biologiya. 10-sinf (2017, J.Tolipova, M.Umaraliyev)

2-masala. 
Odam terisining rangi ikki juft noallel gen bilan belgilanadi. BBCC 
genotipli odamlarning terisi qora, bbcc genotipli odamniki oq rangda bo‘ladi. 
Genotipda 3 ta dominant gen bo‘lsa teri qoramtir, 2 ta bo‘lsa oraliq, 1 ta bo‘lsa 
oqish bo‘ladi. Oraliq terili erkak terisi oqish bo‘lgan ayolga uylangan. Ular 
farzandlarining 6/8 qismida teri rangi oraliq, oqish; 2/8 qismida qoramtir va oq 
bo‘lgan. Erkak va ayolning genotipini toping. 
3-masala.
TovuqIar oyog‘ida pat bo‘lishi ikki juft noallel gen tomonidan 
belgilanib, nokumulativ polimer tipda irsiylanadi. Agar genotipda dominant gen 
bo‘lsa, tovuq oyog‘ida pat hosil bo‘ladi, agar genlar retsessiv bo‘lsa, pat hosil 
bo‘lmaydi, oyog‘ida pati yo‘q tovuq dominant gomozigotali patli xo‘roz bilan 
chatishtirilganda F
1
da 120 ta, F
2
da 1120 ta jo‘ja olindi, F
2
avlodning nechtasi 
digomozigotali bo‘ladi? 
4-masala.
Otlar yungining kulrang belgisi ikki xil allel bo‘lmagan dominant 
gen ishtirokida rivojlanadi. Ularda B qora, b malla rangni ifodalaydi. Boshqa 
xromosomada joylashgan I gen; B va b genlar funksiyasini susaytiradi va otlar 
rangi kulrang bo‘lib qoladi. Gomozigota kulrang biya bilan malla yungli ayg‘ir 
chatishtirilgan. F
1
da kulrang otlar olingan. Ular o‘zaro chatishtirilganda F
2
12 ta 
kulrang 3 ta qora va bitta malla yungli otlar olingan. Chatishtirishda ishtirok etgan 
biya va ayg‘irning, F
1
va F
2
duragay otlarning genotipini aniqlang.


103
23-§. O‘ZGARUVCHANLIKNING UMUMIY QONUNIYATLARI
O‘zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo 
bo‘ladi. O‘zgaruvchanlik irsiy va irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikka ajratiladi. 
Irsiy bo‘lmagan o‘zgaruvchanlik fenotipik o‘zgaruvchanlik deb ham ataladi. 
Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifi katsion va ontogenetik 
o‘zgaruvchanlik. Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez jarayonida 
genlarning diff erensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga 
bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdir. Modifi katsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi 
muhit omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir. 
Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi 
uchun genotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik 
turlariga kombinativ o‘zgaruvchanlik, mutatsion o‘zgaruvchanlik kiradi. 
Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyoz jarayonida gomologik xromosomalarning 
o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida ota-ona xromosomalarining 
qutblarga tasodifi y ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona 
gametalarining tasodifi y kombinatsiylashuvi natijasidir.


104
Mutatsion o‘zgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining sifat 
va son jihatdan o‘zgarishi natijasi hisoblanadi. 

Yüklə 3,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   197




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin