Zoologiya uzb 2017. indd


Lug‘at daftaringizga yozib oling



Yüklə 5,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/171
tarix09.09.2023
ölçüsü5,19 Mb.
#142182
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171
zoologiya 7 uzb

Lugat daftaringizga yozib oling.
Toshbaqalar, kosa-qalqon, O‘rta Osiyo toshbaqasi, dengiz toshbaqasi, botqoq 
toshbaqasi, terili toshbaqa, timsohlar, Nil timsohi, alligatorlar, gaviallar.
Jumboqni yeching. Timsohlarning yuragi 4 kamerali bo‘lsa-da, u yerda arteriya 
va vena qonlari aralashmaydi. U holda nima sababdan qon tomirlari uning 
tanasiga aralash qon olib keladi?
Quyidagi topishmoqlarda qaysi turkumga mansub hayvonlar tasvirlangan?
42. Usti tosh, osti tosh. 
43. Emaklagan toshni ko‘r,
O‘rtasida chandir bosh.
Toshdan chiqqan boshni ko‘r.
Tasdiqlovchi javoblar: 1d, 2a, 3b.
Juftlab yozish javoblari: a-3; b-1; d-2.
8.4.
 
QUSHLAR SINFI
Qushlar – havo muhitiga moslashgan issiqqonli hayvonlar. 
Tanasi pat bilan qoplangan. Suyaklari yengil, naysimon suyaklar-
ning bo‘shlig‘iga havo to‘lgan, jag‘lari muguz tumshuqqa, oldingi oyoq-
lari qanotga aylangan. Ular tanasining harorati tashqi muhit haroratiga 
bog‘liq bo‘lmaydi. Nafas olishda o‘pka bilan birga havo xaltachalari 
ham ishtirok etadi. Yuragi to‘rt kamerali, issiqqonli hayvonlar tuxum 
qo‘yib ko‘payadi.
Qushlarning tuzilishi ko‘k kaptar misolida o‘rganiladi.
41-§.
Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi
Gavda bo‘limlari.
Kaptarning gavdasi bosh, bo‘yin, tana va oyoq-
lardan iborat (80-rasm). Uncha katta bo‘lmagan yumaloq boshi uzun 
va juda hara katchan bo‘yin orqali tanaga tutashgan. Tumshug‘i usti-
da burun teshigi, boshining ikki yonida ko‘zlari, ulardan orqaroqda 
quloq teshiklari joylashgan. Qushlar uchayotganida yoyilgan qanotlar 
ko‘tarish yuzasini hosil qiladi (81-rasm). Qushlar oyoqlarining past-
?!


140
8.4. Qushlar sinfi
ki qismi – iligi va barmoqlari mu 
guz tangachali dag‘al teri bilan 
qoplangan. Kap 
tar faqat oyo 
g‘iga tayanib yerda yuradi.

Yüklə 5,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   171




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin