141
41-§. Ko‘k kaptarning tashqi tuzilishi
o‘tkazmaydigan bo‘ladi. Qushlar uchganida qanot va dumidagi qo-
qish va boshqarish patlari bir-birining ustiga
cherepitsa singari tushib,
ko‘tarish yuzasini hosil qiladi.
Qoplag‘ich patlar ostida momiq patlar joylashgan. Momiq patlar-
ning yelpig‘ichi yumshoq va g‘ovak bo‘ladi; 2-tartib o‘siq
chalari
bo‘lmaydi. Bundan tashqari, suv qushlarida parlar ham bo‘ladi.
Parlarning o‘zagi juda kalta, o‘siqchalari uning uchida mo‘yqalam
singari joylashgan. Parlar tanadagi issiqlikni yaxshi saqlaydi.
Qushlar
tullaganida ularning eski patlari to‘kilib, o‘rniga yangi patlari hosil
bo‘ladi.
Qushlar terisida bezlar rivojlanmagan; faqat suv qushlarining dumi
asosida dumg‘aza bezi bo‘ladi. Qush tumshug‘i
bilan bu bezdan
yog‘simon suyuqlikni siqib chiqarib, patlariga surkab turadi. Yog‘
patlarni egiluvchan va qayishqoq qiladi. Suvda suzadigan qushlarning
yog‘langan patlari suv yuqtirmaydigan bo‘ladi. Qushlarning patsiz
oyoq iligi terisidagi mayda tangachalar sudralib
yuruvchilar terisidagi
muguz tangachalarga o‘xshaydi. Ularning patlari, tumshug‘i, tirnoq-
lari ham muguzdan iborat.
1. Qushlar gavdasi qanday tuzilgan?
2. Kontur patlar qanday tuzilgan?
3. Momiq patlar va parlar qanday tuzilgan?
4. Kontur patlar qanday vazifani bajaradi?
5. Parlar qanday vazifani bajaradi?
6. Dumg‘aza bezlari qanday vazifani bajaradi?
1. Parlar yaxshi rivojlangan: 2. Shoxsimon tangachalar bo‘ladi:
a) o‘rmon qushlarida;
a) oyoqning pastki qismi va barmoqlarda;
b) cho‘l qushlarida;
b) tumshug‘i va bo‘ynida;
d) suv qushlarida.
d) oyoqning boldir qismida.
Dostları ilə paylaş: