12.2-§. Mamlakat transport xavfsizligini ta‘minlashning
strategik yo‗nalishlari
Transport tizimini rivojlantirishning strategik maqsadi –
iqtisodiyot va jamiyatni innovatsion, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan
rivojlantirish, sifatli va raqobatbardosh transport xizmatlariga
bo‗lgan ehtiyojlarini to‗laqonli qondirishdan iboratdir. Transport
tarmog‗ida samarali raqobat muhitini rivojlantirish, infratuzilmani
taraqqiy ettirish borasida zaxira va imkoniyatlarni to‗liq ishga
solish, texnika va texnologiyaning ilg‗or yutuqlaridan keng
foydalanish, ijtimoiy va ekologik omillarga katta e‘tibor qaratish,
378
transport tizimiga bog‗liq bo‗lgan milliy, iqtisodiy va shu kabi
boshqa xavfsizlik masalalariga alohida urg‗u berish hisobiga
yuqorida tilga olib o‗tilgan strategik maqsadga erishilishini
ta‘minlash mumkin.
Avtomobil yo‗llari tarmog‗i konfiguratsiyasi ko‗p jihatdan
mukammal emas va ulangan qator aylanma hamda halqa yo‗llar
bilan to‗ldirilgan yaqqol ifodalangan keskin tuzilmaga ega, bu esa
yirik shaharlar atrofidagi magistral yo‗llarning band bo‗lgan
uchastkalarida transport oqimlari to‗planishini va atrof-muhitga
zarar yetkazgan holda ko‗p ortiqcha yo‗l bosib o‗tilishini keltirib
chiqarmoqda.
Mamlakatimiz yo‗llari, nafaqat, texnik darajasiga ko‗ra, balki
yo‗l chetida servis obyektlari, yuksak darajada xizmat
ko‗rsatiladigan
zamonaviy
kempinglar
(to‗xtash
joylari,
mehmonxona,
ovqatlanish
punktlari,
dushxonalariga
ega
hojatxonalar) qurilishi jihatidan ham xorijdagi yo‗llardan ancha
ortda qolmoqda.
Yo‗llarning yetarlicha uzun emasligi va texnik darajasi
pastligi avtomobilda tashishda katta xarajatlarni keltirib
chiqarmoqda.
Tashishlarning
tannarxi
rivojlangan
xorijiy
mamlakatlardagi shunga o‗xshash ko‗rsatkichlardan 1,3 baravar,
yoqilg‗i sarfi esa 20 foizga ortiq.
Oxirgi
yillarda
O‗zbekiston
yo‗l
xo‗jaligini
moliyalashtirishda
yuzaga
kelgan
vaziyat
umumiy
foydalaniladigan avtomobil yo‗llarini qurish, rekonstruksiya
qilish, ta‘mirlash va saqlab turish uchun ajratilayotgan mablag‗lar
ta‘mirlash oralig‗idagi muddatlarni aniqlash bo‗yicha talab
etiladigan normativ hujjatlarning qariyb 35 foizini tashkil etishini
ko‗rsatmoqda.
379
Samarali va raqobatbardosh transport tizimini yaratish uchun
quyidagilar talab etiladi:
1)
raqobatbardosh va yuqori sifatli transport xizmatlarini
ko‗rsatish;
2)
raqobatbardosh va yuqori sifatli transport xizmatlari
ko‗rsatilishini ta‘minlash uchun zarur bo‗lgan xavfsiz va ish
unumdorligi yuqori transport vositalarini yaratish va transport
infratuzilmasini barpo etish;
3)
kuchli raqobat muhitini yaratish maqsadida transport
xizmatlari taklifining talabdan ortiq bo‗lishi uchun tegishli shart-
sharoitlar yaratish.
Yuqori sifatli transport xizmatlarini shakllantirish uchun, eng
avvalo, sifat standartlari va o‗lchamlarini aniqlashtirish, ularning
bajarilishini va sifat standartlariga javob beruvchi samaradorligi
yuqori bo‗lgan texnologiyalar yaratilishini rag‗batlantirish, davlat
tomonidan tartibga solish usullari va huquqiy asoslarini
takomillashtirish, hududlarda samaradorligi yuqori bo‗lgan bir
qator texnologiyalarni sinov tariqasida joriy etish talab etiladi.
Yuk va yo‗lovchi tashish korxonalari va transport turlari
o‗rtasida ichki raqobatni va shu bilan bir qatorda, xalqaro tranzit
transport tizimlari o‗rtasida tashqi raqobatni rivojlantirish uchun
zaruriy shart-sharoitlarni yaratish talab etiladi. Ichki raqobat tovar
va xizmatlar harakatining maromiyligi va tezlashishini, transport
xarajatlarining qisqarishi, transport xizmatlaridan foydalanishning
arzonlashishi,
investitsion
iqlimning
yaxshilanishini
va
pirovardida esa bozor munosabatlarining taraqqiy etishini ta‘min
etadi. Bu esa o‗z navbatida tashqi raqobatbardoshlikka va
mamlakatning tranzit salohiyatining ortishiga ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi.
380
Raqobatbardosh transport xizmatlari bozorini yaratish
quyidagilarni ko‗zda tutadi:
transport xizmatlari ko‗rsatish sohasida me‘yoriy-huquqiy
bazani rivojlantirish (xavfsizlik, ekologik jihatdan soflik, transport
xizmatlari sifati, transport xizmatlari bozorini davlat tomonidan
tartibga solish usul va vositalarini rivojlantirish). Ushbu vaziyatda
monitoring va boshqaruv, transport tizimini nazorat qilish tizimini
yo‗lga qo‗yish ko‗rinishida samarali teskari aloqani yaratish
muhim ahamiyat kasb etadi;
yuk tashish, shu jumladan, temir yo‗l transportida yuk
tashish va shuningdek, jamoat transportida yo‗lovchi tashish
sohasida raqobatni rivojlantirish;
raqobatbardoshlik darajasi yuqori bo‗lgan transport
xizmatlari ko‗rsatilishini ta‘min etuvchi, unumdorligi yuqori
bo‗lgan transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish (ushbu
holatda tezlik va ishonchlilik muhim sanaladi);
transport xizmatlari sifati va tejamkorligi, ekologik jihatdan
sofligi va xavfsizligi borasida standartlarning bajarilishini
ta‘minlash maqsadida ilg‗or texnika va texnologiyalarni izchil
joriy etish.
Transport infratuzilmasini muvozanatlashgan va jadal
rivojlanishini ta‘minlash transport tizimini rivojlantirishning
muhim strategik yo‗nalishlaridan biri hisoblanadi. Mazkur
yo‗nalishni amalga oshirish transport xizmatlariga aholi va
iqtisodiyot sektorlarining ehtiyojlarini tadqiq qilish va shuningdek.
transport tizimini rivojlantirishning turli variantlarini bashoratlash
va modellashtirish maqsadida matematik modellashtirishning usul
va
vositalaridan
foydalanish,
statistik
hisobot
tizimini
rivojlantirish, transport-iqtisodiy balansini tuzish asosida transport
381
infratuzilmasining barcha elementlarini o‗zaro hamohang va
kompleks ravishda rivojlantirilishini anglatadi.
Transport
tizimining
barqarorligi
va
ishonchliligini
ta‘minlash 2030-yilgacha bo‗lgan davrda transport sohasida davlat
siyosatini amalga oshirishning ustuvorliklaridan biri bo‗lib
hisoblanadi. Bu o‗z navbatida, texnologik va infratuzilmaviy
zaxiralar yaratilishini ko‗zda tutadi. Bunday zaxira va qo‗shimcha
imkoniyatlarning yaratilishi mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yuk va yo‗lovchi
tashishga talabning tabiiy o‗zgarishi va uning istiqbolda o‗sish
sur‘atlariga ega bo‗lishi sharoitida mamlakat transport tizimining
aholi
hamda
biznes
tuzilmalariga atrof-muhit
va inson sog‗lig‗iga salbiy
ta‘sir ko‗rsatmagan holda,
o‗z vaqtida kerakli joyda
arzon va sifatli transport
xizmatlari
ko‗rsatishini
ta‘min etadi.
Transport tizimini rivojlantirish strategiyasini samarali
amalga
oshirishda
transport
infratuzilmasiga
davlat
qo‗yilmalarining samaradorligini oshirish va qulay investitsion
iqlimni
yaratish,
shu
asosda
transport
tizimining
muvozanatlashgan barqaror rivojlanishini ta‘minlash muhim o‗rin
tutadi. Transport tizimining barqaror o‗sish sur‘atlari davlat
byudjetidan ajratilayotgan moliyaviy mablag‗larning yetishmasligi
sharoitida davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirish asosida
transport majmuini rivojlantirishga xususiy investitsiyalarning
ulushini oshirish hisobiga ta‘min etilishi lozim. Shu bilan bir
qatorda, davlat va xususiy sektor tomonidan moliyalashtirish
382
nisbatlarining o‗zgarishi sharoitida Transport strategiyasida
ko‗zda tutilgan maqsad va vazifalarning amalga oshirilishi uchun
zarur bo‗lgan umumiy investitsiyalar hajmining saqlanib qolishiga
erishish talab etiladi.
Yuqori
samarali
transport
texnologiyalaridan
keng
foydalanish va transport korxonalarining transport parklarini
zamonaviy transport vositalari bilan boyitish imkoniyatini
beruvchi va iste‘molchilarning talab va ehtiyojlarini to‗laqonli
tarzda qondirish qobiliyatiga ega bo‗lgan barqaror transport
infratuzilmasini yaratish muhim o‗rin tutadi. Bunday vazifalarning
amalga oshirilishi, barcha turdagi transport korxonalarining
raqobatbardoshligini oshirish va rivojlantirish, ularning barqaror
ishlashlari uchun infratuzilma borasida zaruriy shart-sharoitlarning
yaratilishi ta‘minlanadi. Buning asosida yuk va yo‗lovchi tashish
sohasida transport xizmatlari sifatining yaxshilanishiga va
transport
xizmatlari
narxining
arzonlashuviga
erishiladi.
Aholining
turli
ijtimoiy
qatlamlari
tomonidan
transport
xizmatlariga bo‗lgan talabga muvofiq aholi mobilligining barqaror
o‗sishi-ijtimoiy transport standartlarining amalga oshishi ta‘min
etiladi.
Transport xizmatlari sifatini oshirish transport tizimida
asoslangan zaxiralar yaratilishini talab etadi, bu esa birinchi
navbatda, asosiy yuk va yo‗lovchi tashish oqimlarida raqobatni
rivojlantirishni
taqozo
etadi.
Me‘yoriy-huquqiy
bazani
rivojlantirish transport qonunchiligini uyg‗unlashtirish, transport
va
kommunikatsiya
borasida
dunyo
standartlariga
integratsiyalashish, transport xizmatlari sifatini belgilab beruvchi
me‘yorlarni aniqlashtirish, ularga rioya etilishi borasida
javobgarlik choralarini belgilash va shuningdek, iste‘molchilar
huquqini himoya qilishni ko‗zda tutishi zarur.
383
Mamlakat transport tizimi raqobatbardoshligini oshirish
transport sohasida mamlakatning manfaatlarini butun dunyo
miqyosida ilgari surish va himoya qilish borasida davlat
tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan o‗zaro
uyg‗unlashishi
lozim.
Bunday
chora-tadbirlarning amalga
oshirilishi asosida mamlakatning transport salohiyatini barqaror
amalga oshirish va mamlakat transport tizimining dunyo transport
xizmatlari bozoridagi o‗rnini mustahkamlashga erishiladi.
Barqaror transport tizimini yaratishda transport vositalari va
transport infratuzilmasi obyektlarining texnik va texnologik
xavfsizligini oshirish borasidagi siyosatni bosqichma-bosqich
amalga oshirish, shu bilan bir qatorda, transport korxonalari
faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Transport strategiyasini amalga oshirish davlatning ekologik
omillarga bo‗lgan e‘tiborini kuchaytirishni taqozo etadi. Transport
sohasida ekologik siyosat tamoyillarini ishlab chiqish va uni
amalga oshirish transport tizimining rivojlanishini cheklovchi
emas,
balki
uni
harakatlantiruvchi
kuchga
aylanishini
unutmasligimiz lozim.
Transport-logistika
xizmatlarini
ko‗rsatish,
transport
infratuzilmasi obyektlari va transport vositalarini ekspluatatsiya
qilish, transport tizimini rivojlantirish borasida turli loyihalarning
amalga oshirilishini ta‘min etuvchi mehnat resurslari bilan
transport tizimi korxona va tashkilotlarini ta‘minlash tizimini
takomillashtirish transport strategiyasini hayotga izchil joriy
etishda muhim o‗rin tutadi.
Transport strategiyasini hayotga izchil joriy etishda loyiha
boshqaruvi mexanizmlarini rivojlantirish, davlat tomonidan
boshqarish va tartibga solish samaradorligini oshirish hisobiga
384
transport tizimini rivojlantirishni boshqarish va nazorat qilish
darajasini oshirish muhim jihatlardan biri hisoblanadi. Mazkur
yo‗nalishda respublika va mahalliy hududlar darajasida transport-
iqtisodiy
balanslar
asosida
transport
infratuzilmasini
rivojlantirishning davlat tomonidan strategik rejalashtirishning
kompleks tizimini yaratish muhim o‗rin egallaydi.
Yuqorida sanab o‗tilgan transport tizimini rivojlantirishning
asosiy strategik yo‗nalishlari asosida Transport strategiyasining
asosiy maqsadli mo‗ljallari, uning maqsadlari, ustuvorliklari,
amalga oshirish vazifalari va mexanizmlari shakllantiriladi.
Transport faoliyati turlaridan kelib chiqqan holda, transport
strategiyasining bosh strategik ustuvorliklari bo‗lib quyidagilar
hisoblanadi:
umum ijtimoiy ustuvorliklar:
aholining mobilligi, transport xizmatlarining arzon va
qulayligi;
transport turlari bo‗yicha xavf-xatar va to‗qnashuvlar
darajasining pasayishi;
atrof-muhitni ifloslanishida transport ulushining pasayishi.
umum iqtisodiy ustuvorliklar
:
transport tarmog‗i tomonidan yalpi ichki mahsulotning
rejalashtirilgan o‗sish hajmini ta‘min etishga xizmat qiluvchi
yuqori sifatli transport xizmatlarining to‗liq hajmda ko‗rsatilishiga
erishish;
Dostları ilə paylaş: |