See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 13,45 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/224
tarix09.09.2023
ölçüsü13,45 Mb.
#142261
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   224
30 06 2022 . (1)

Avtomobil yo‗llari.
O‗zbekiston hududida avtomobil yo‗llari 
tarmog‗i ancha keng. Har 1000 km² maydonga avtomobil 
yo‗llarining zichligi 210 km ga yetadi. Qator avtomobil yo‗llari 
xalqaro va davlat ahamiyatiga ega. Bugungi kunda avtomobil 
yo‗llarining umumiy uzunligi 90 ming km dan ortiq. 
Mamlakatimiz hayotida katta ahamiyatga ega bo‗lgan avtomobil 
yo‗llari 
jumlasiga, 
eng 
avvalo, 
Toshkent, 
Samarqand, 
Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqa viloyatlar orqali o‗tgan 
Katta O‗zbek avtomobil trakti kiradi. 1940-yili qurib bitkazilgan 
va 700 km dan ortiq uzunlikka ega bo‗lgan ushbu ravon yo‗l 
qanchadan-qancha yuk va yo‗lovchilar tashishga hamda hududlar 
orasida transport xizmati ko‗rsatishni yaxshilashga olib keldi. 
Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Farg‗ona 
vodiysidagi uch viloyat va qator shaharlarni, jumladan, Qo‗qon, 
Marg‗ilon, Asaka, Andijon, Namangan, Chust shaharlarini 
bog‗lab turuvchi aylanma yo‗l qayta qurildi. Shuningdek, 
Toshkent-O‗sh, Samarqand-Ashxobod-Turkmanboshi, Toshkent 


358 
halqa yo‗li, Nukus-G‗uzor, Qo‗ng‗irot-Beynov
kabi yana qator 
avtomobil yo‗llari ham O‗zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotida katta ahamiyat kasb etadi. 
Keyingi yillarda qo‗shni Tojikistonda vujudga kelgan vaziyat 
sababli mamlakatimizning markaziy va g‗arbiy qismlaridagi 
hududlarini 
Farg‗ona 
vodiysi 
viloyatlari 
bilan 
aloqasini 
bog‗lashda ancha muammolar yuzaga keldi. Shuni e‘tiborga olib 
Respublika hukumati Toshkent-O‗sh yo‗lining Angren suv 
omboridan Farg‗ona vodiysiga kirib borguncha qismini qayta 
qurish bo‗yicha maxsus qaror qabul qildi. Bu maqsadni ko‗zlab 
Qamchiq va Rezak dovonlarida avtomobil transport harakati 
uchun mo‗ljallangan tonnellar qurish borasida katta ishlar boshlab 
yuborildi va bu ishlar muvaffaqiyat bilan amalga oshirildi. 
Qamchiq tonnelining uzunligi 890, Rezak tonnelining 
uzunligi esa 368 metrga teng bo‗ldi. Bu tonnellarning ishga 
tushirilishi tufayli Qamchiq dovoni orqali amalga oshiriladigan 
avtomobil transporti aloqalarida avvallari tez-tez uchrab turadigan 
xavf-xatarga chek qo‗yildi. Qamchiq va Rezak tonnellaridan bir 
kecha-kunduzda 12 mingga yaqin avtomobillar o‗tish imkoniga 
ega. 
Shunday 
qilib 
mazkur 
yo‗l 
Farg‗ona 
vodiysini 
Respublikaning boshqa hududlari bilan bog‗lab turadigan eng 
yaqin va qulay yo‗l bo‗lib qoldi. 
Shaxsiy foydalanishdagi yengil avtomobillar sonining doimiy 
o‗sishi jamoat transporti tomonidan bajarilayotgan ish hajmining 
sezilarli darajada qisqarishiga olib kelmoqda. Bugungi kunga 
kelib, mamlakatda avtobus orqali yo‗lovchi tashish 42 %ga 
qisqarganligini, shahar atrofi temir yo‗l qatnovlari sezilarli 
darajada kamayganligini ko‗rishimiz mumkin. Avtomobillar 
sonining muttasil o‗sib borishi asnosida shahar transport 


359 
tizimlarining 
barqarorligi 
va 
xavfsizligi 
borasida 
jiddiy 
muammolar paydo bo‗lmoqda.
Transport 
turlarining 
rivojlanishi 
moddiy 
ishlab 
chiqarishning barqaror rivojlanishini ta‘minlaydi, resurslardan 
foydalanish 
samaradorligini 
oshiradi, 
mahsulot 
qiymatida 
xarajatlar ulushini qisqartiradi, ijtimoiy masalalarni ijobiy hal 
etishga ko‗maklashadi. Ayni chog‗da transport aloqalarining 
yetarlicha 
rivojlanmaganligi 
milliy 
iqtisodiyotda 
katta 
yo‗qotishlarga olib keladi.
Mamlakatda qo‗llaniluvchi tarmoq standartlari, norma va 
normativlarga rioya qilgan va mazkur sohada dunyoning ilg‗or 
mamlakatlarida to‗plangan boy ijobiy natijalarni inobatga olgan 
holda, yo‗lovchi va yuk tashish 
borasida aholi, xo‗jalik yurituvchi 
subyektlar 
va 
davlat 
organlarining 
talablarini 
to‗laqonli qondirish imkoniga ega 
bo‗lgan transport tizimini yaratish 
va 
uning 
barqaror 
faoliyat 
ko‗rsatishiga 
erishish 
milliy 
iqtisodiyotda 
yo‗l-transport 
xavfsizligini ta‘minlashning mohiyatini tashkil etadi. Yo‗l-
transport xavfsizligi ko‗rsatkichlari tizimida yo‗l-transport 
hodisalari soni va ulardan ko‗rilgan zarar va yo‗qotishlar (o‗lim va 
nogironlik); avtomobil, suv, havo va temir yo‗llarining uzunligi va 
sifati; transport xarajatlari (sotish hajmiga nisbatan %da) kabilar 
muhim o‗rin tutadi.
O‗zbekiston aholisining mobillik darajasi ham taraqqiy etgan 
mamlakatlarga nisbatan birmuncha past hisoblanadi, zero, mazkur 
ko‗rsatkich mehnat va turizm bozorining taraqqiy etganligi, aholi 
daromadlari va xarajatlarining o‗sishi va o‗z navbatida, mamlakat 


360 
umum iqtisodiy taraqqiyotini belgilab beruvchi muhim omil 
hisoblanadi. Mustaqillikka erishish tufayli respublikamizni 
xalqaro miqyosda bog‗laydigan avtomabil yo‗llari qurish ishlariga 
ham e‘tibor kuchaydi. Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasiga 
chiqish uchun imkon tug‗diradigan Andijon-O‗sh-Ergashtom-
Qashqar avtomobil yo‗lining qurilishiga O‗zbekiston o‗z hissasini 
qo‗shmoqda. 
Ko‗pgina mamlakatlarda bo‗lgani kabi, O‗zbekistonda ham 
xalqaro yo‗nalishlarda yuklarni atvomobillarda tashish bo‗yicha 
Uyushma tashkil etilgan. Jeneva shahrida avtomobil transporti 
Xalqaro uyushmasi kongressida O‗zbekiston ham bu nufuzli 
tashkilotga a‘zo bo‗lib kirdi. Ushbu uyushma Respublikamiz 
hududida boshqa mamlakatlar yuk tashuvchilarining manfaatlarini 
muhofaza qiladi va avtomobil yo‗llari holati, yoqilg‗i narxi, yo‗l 
uchun to‗lov bahosi va boshqa masalalar bo‗yicha zarur 
ma‘lumotlar bilan xabardor etib turadi. 
Mamlakatda turli hajmda yuk ko‗taradigan yangi yuk 
tashuvchi avtomobillar, qulay va shinam avtobuslar hamda yengil 
avtomobillar soni yil sayin oshib bormoqda. Respublika poytaxti 
Toshkent shahrida 1977-yili metro qurilib ishga tushirildi. Aholisi 
ikki milliondan ziyod shahar uchun ushbu transportning bu 
vositasi mohiyatini to‗la ifodalash qiyin. 
Biroq shu bilan birga, tarmoqda xavfsizlikka ta‘sir etuvchi 
qator muammolar saqlanib qolmoqda. Xalqaro ahamiyatga ega 
bo‗lgan avtomobil yo‗llari tarmog‗i yetarlicha rivojlantirilmagan. 
Umumiy foydalaniladigan yo‗llar tarmog‗i umumiy uzunligining 
9 foizidan ortig‗ini tashkil etuvchi xalqaro ahamiyatga ega 
avtomobil yo‗llari barcha avtomobil tashuvlarining qariyb 40 
foizini ta‘minlaydi. Yuqori sifatli yo‗llarning real uzunligi yetarli 
emas. Temir yo‗l va asosiy avtomobil yo‗llari bilan kesishgan 


361 
chorrahalarda turli darajadagi yo‗llar ostin-ustun o‗tadigan 
chorrahalar mavjud emas. Xalqaro ahamiyatga ega ko‗pchilik 
yo‗llarning o‗tkazish qobiliyati ularga berilgan toifalar bo‗yicha 
normativ qobiliyatdan 20-30 foizga past. 
Xalqaro ahamiyatga ega bo‗lgan avtomobil yo‗llarida, 
ayniqsa, hududlar markazlari va boshqa yirik shaharlarga kirishda 
avtomobil transporti harakati juda katta. Misol uchun Toshkent 
shahridan chiquvchi yo‗llardagi harakat intensivligi sutkasiga 30 
mingdan 70 minggacha avtomobilni, aholisi 500 mingdan ko‗p 
bo‗lgan boshqa yirik shaharlarda sutkasiga 20 mingdan 40 
minggacha avtomobilni tashkil etadi va hudud markazlaridan 
uzoqlashgani sayin avtomobil harakati intensivligi pasayadi. 
Umumiy foydalaniladigan yo‗llar umumiy uzunligining 
qariyb 25 foizi yo‗llarga tushadigan yuklamaning maqbul 
darajasidan oshadigan rejimda, 30 foizi maqbul darajadagi rejimda 
va 25 foizi erkin harakatlanish rejimida ishlaydi. Xalqaro 
ahamiyatga ega yo‗llar umumiy uzunligining uchdan bir qismidan 
ortig‗ida zamonaviy katta yukli transport vositalari o‗tishi uchun 
yo‗l qoplamasini zudlik bilan kuchaytirish talab etiladi. 

Yüklə 13,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin