Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan foydalanishga
asoslangan protokollar.
Bir tomonlama xesh-funksiya yordamida
159
shifrlashning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u mohiyati bo‘yicha
bir tomonlamadir, ya’ni teskari o‘zgartirish-qabul qiluvchi tarafda
rasshifrovka qilish bilan birga olib borilmaydi. Ikkala taraf (jo‘na-
tuvchi va qabul qiluvchi) bir tomonlama shifrlash muolajasidan
foydalanadi.
Shifrlanayotgan ma’lumot Mga qo‘llanilgan
К
parametr-kalitli
bir tomonlama xesh-funksiya
hk(.)
natijada baytlaming belgilangan
katta bo‘lmagani sonidan iborat xesh-qiymat (daydjest)
"m"
ni
beradi (6.4-rasm).
Daydjest "m" qabul qiluvchiga dastlabki xabar
M
bilan birga
uzatiladi. Xabami qabul qiluvchi, daydjest olinishida qanday bir
tomonlama xesh-funksiya ishlatilganligini bilgan holda, rasshifrov
ka qilingan xabar
M
dan foydalanib, daydjestni qaytadan hisoblaydi.
Agar olingan daydjest bilan hisoblangan daydjest mos kelsa, xabar
M
ning tarkibi hech qanday o‘zgarishga duchor bo‘lmaganini
bildiradi.
Daydjestni bilish dastlabki xabami tiklashga imkon bermaydi,
ammo ma’lumotlar yaxlitligini tekshirishga imkon beradi. Dayd-
jestga dastlabki xabar uchun o‘ziga xos nazorat yig‘indisi sifatida
qarash mumkin. Ammo, daydjest va oddiy nazorat yig‘indisi orasida
jiddiy farq ham mavjud. Nazorat yig‘indisidan aloqaning ishonchsiz
liniyasi bo‘yicha uzatiladigan xabarlaming yaxlitligini tekshirish
vositasi sifatida foydalaniladi. Tekshirishning bu vositasi niyati
buzuq odamlar bilan kurashishga moijallanmagan. Chunki, bu hol
da nazorat yig‘indisining yangi qiymatini qo‘shib, xabami almash-
tirib qo‘yishga ularga hech kim xalaqit bermaydi. Qabul qiluvchi
bunda hech narsani sezmaydi.
Daydjestni hisoblashda, oddiy nazorat yig‘indisidan farqli
ravishda, maxfiy kalitlar ishlatiladi. Agar daydjest olinishida faqat
jo ‘natuvchi va qabul qiluvchiga ma’lum bo‘lgan parametr-kalitli bir
tomonlama xesh-funksiya ishlatilsa, dastlabki xabaming har qanday
modifikatsiyasi darhol ma’lum bo‘ladi.
160
Jo'natuvchi
Qabul qiluvchi
Dostları ilə paylaş: |