ba’zi chegaralanishlarga ega. Turli odamlar o‘xshash ovozlar bilan
gapirishi mumkin, har qanday odamning ovozi vaqt mobaynida
kayfiyati, hissiyotlik holati va yoshiga bog‘liq holda o‘zgarishi
mumkin. Uning ustiga telefon apparatlaming turli-tumanligi va
telefon orqali bog‘lanishlaming sifati so‘zlovchi shaxsini
aniqlashni
qiyinlashtiradi. Shu sababli, ovoz bo‘yicha aniqlashni, yuz tuzilishi-
ni yoki barmoq izlarini aniqlash kabi boshqa usullar bilan birgalikda
amalga oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
K o ‘z yo yi to (r pardasining shakli b o ‘yicha autentifi-
katsiyalash tizimi.
Bu tizimlami ikkita sinfga ajratish mumkin:
- ko‘z yoyi rasmidan foydalanish;
- ko‘z to‘r pardasi qon tomirlari rasmidan foydalanish.
Odam ko‘z pardasi autentifikatsiya
uchun
noyob obyekt hisob
lanadi. Ko‘z tubi qon tomirlarining rasmi hatto egizaklarda ham
farqlanadi. Identifikatsiyalashning bu vositalaridan
xavfsizlikning
yuqori darajasi talab etilganida (masalan, harbiy va mudofaa
obyektlarining rejimli zonalarida) foydalaniladi.
Biometrik yondashish “kim bu kim” ekanligini aniqlash jara
yonini soddalashtirishga imkon beradi. Daktiloskopik skanerlar va
ovozni aniqlovchi qurilmalardan foydalanish,
xodimlami tarmoqqa
kirishlarida murakkab parollami eslab qolishdan xalos etadi. Qator
kompaniyalar korxona masshtabidagi bir martali autentifikatsiya
SSO (Single Sign-On)ga biometrik imkoniyatlami integratsiyalaydi-
lar. Bunday biriktirish tarmoq ma’murlariga parollami bir martali
autentifikatsiyalash xizmatini biometrik
texnologiyalar bilan al-
mashtirishga imkon beradi. Shaxsni biometrik autentifikatsiya-
lashning birinchilar qatorida keng tarqalgan sohalaridan biri mobil
tizimlari bo‘ldi. Muammo faqat kompyuter o‘g‘irlanishidagi yo‘qo-
tishlarda emas, balki axborot tizimining buzilishi katta zararga olib
kelishi mumkin.
Undan tashqari, noutbuklar dasturiy bog‘lanish
(mobil kompyuterlarda saqlanuvchi parollar yordamida) orqali
korporativ tarmoqdan foydalanishni tez-tez amalga oshiradi. Bu
muammolarni kichik, arzon va katta energiya talab etmaydigan bar
moq izlari datchiklari yechishga imkon beradi. Bu qurilmalar mos
dasturiy ta’minot yordamida axborotdan foydalanishning mobil
kompyuterda saqlanayotgan to‘rtta sathi - ro‘yxatga olish,
ekranni
169
saqlash rejimidan chiqish, yuklash va fayllami deshifratsiyalash
uchun autentifikatsiyani bajarishga imkon beradi.
Foydalanuvchini biometrik autentifikatsiyalash maxfiy kalit-
dan foydalanishni modul ko‘rinishida shifrlashda jiddiy ahamiyatga
ega bo‘lishi mumkin. Bu modul axborotdan
faqat haqiqiy xususiy
kalit egasining foydalanishiga imkon beradi. So‘ngra kalit egasi
o‘zining maxfiy kalitini ishlatib, xususiy tarmoqlar yoki Internet
orqali uzatilayotgan axborotni shifrlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: