o‘zining identifikatori
V
ostidagi imzo
ning korrektligini
tekshiradi. Imzo
chekilgan tasodifiy son
га
ochiq matnni tanlash
bilan hujumni oldini olish uchun ishlatiladi.
3.
Tasodifiy sonlardan foydalanib, ikki tomonlama autentifi
katsiyalash:
А <г- В -rB
A - > B :certл
,
rA, B , S A(rA,rB, B)
A < - B : c e r t B, A , S B(rA,rB, A)
Ushbu protokoldagi xabarlami ishlash oldingi protokoldagidek
bajariladi.
Nazorat savollari:
1. Qat’iy autentifikatsiyalash muolajalarini tushuntirib bering.
2. Simmetrik algoritmlarga asoslangan qat’iy autentifikatsiya
lash sxemasini tushuntirib bering.
3. Kerberos protokolida domenlararo autentifikatsiyalash xusu-
siyatlari nimada?
4. Bir tomonlama kalitli xesh-funksiyalardan
foydalanishga
asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash sxemasini tavsiflang.
5. Asimmetrik algoritmlarga asoslangan qat’iy autentifi
katsiyalash protokollari ishlash sxemasini tushuntirib bering.
6. Raqamli imzoga asoslangan qat’iy autentifikatsiyalash
protokolini yoritib bering.
6.5. Foydalanuvchilarni biometrik identifikatsiyalash va
autentifikatsiyalash
Oxirgi vaqtda insonning fiziologik parametrlari va xarakte-
ristikalarini, xulqining xususiyatlarini o‘lchash
orqali foydala-
nuvchini ishonchli autentifikatsiyalashga imkon beruvchi biometrik
autentifikatsiyalash keng tarqalmoqda.
Biometrik autentifikatsiyalash usullari an’anaviy usullarga
nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
-
biometrik alomatlaming noyobligi
tufayli autentifikatsiya-
lashning ishonchlilik darajasi yuqori;
164
- biometrik alomatlaming sog‘lom shaxsdan ajratib bo‘lmas-
ligi;
- biometrik alomatlami soxtalashtirishning qiyinligi.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalashda faol ishlatiladigan bio
metrik alomatlar quyidagilar:
• barmoq izlari;
• qo‘l panjasining geometrik shakli;
• yuzning shakli va o‘lchamlari;
• ovoz xususiyatlari;
• ko‘z yoyi va to‘r pardasining naqshi.
Autentifikatsiyaning biometrik qismtizimi ishlashining namu
naviy sxemasi quyidagicha. Tizimda ro‘yxatga
olinishida foydala-
nuvchidan o‘zining xarakterli alomatlarini bir yoki bir necha marta
namoyish qilinishi talab etiladi. Bu alomatlar tizim tomonidan
qonuniy foydalanuvchining qiyofasi sifatida ro‘yxatga olinadi.
Foydalanuvchining bu qiyofasi tizimda
elektron shaklda saqlanadi
va o‘zini qonuniy foydalanuvchi deb da’vo qilgan har bir odamni
tekshirishda ishlatiladi. Taqdim etilgan alomatlar majmuasi bilan
ro‘yxatga olinganlarining mosligi
yoki mos kelmasligiga qarab,
qaror qabul qilinadi. Iste’molchi nuqtayi nazaridan biometrik auten-
fikatsiyalash tizimi quyidagi ikkita parametr orqali xarakterlanadi:
• xatolik inkorlar koeffitsienti FRR (false-rejectrate);
• xatolik tasdiqlar koeffitsienti FAR (false-alarmrate).
Dostları ilə paylaş: