bajariladi, virusning o‘zi passiv holatda bo'ladi. Murakkabroq vazi-
falarda virus boshqarishni olganidan so‘ng o'zining ishlashi uchun
qo‘shimcha harakatlami bajarishi mumkin. Bu bilan bog‘liq ikkita
jihat ko‘riladi.
Birinchisi viruslarni aniqlash muolajasining maksimal murak-
kablashishi bilan bog‘liq. Saqlanish bosqichida ba’zi viruslar himo-
yalanishni ta’minlash maqsadida yetarlicha murakkab algoritmdan
foydalanadi. Bunday murakkablashishga virus asosiy qismini shifr-
lashni kiritish mumkin. Ammo faqat shifrlashni ishlatish chala chora
hisoblanadi, chunki yuklanish bosqichida rasshifrovkani ta’min-
lovchi virus qismi ochiq ko‘rinishda saqlanishi lozim. Bunday holat-
dan qutilish uchun viruslarni ishlab chiquvchilar rasshifrovka qiluv
chi kodni "mutatsiyalash" mexanizmidan foydalanadi. Bu usulning
mohiyati shundan iboratki, obyektga virus nusxasi kiritilishida
uning rasshifrovka qiluvchiga taalluqli qismi shunday modifikat-
siyalanadiki, original bilan matnli farqlanish paydo bo‘ladi, ammo
ish natijasi o‘zgarmaydi.
Kodni mutatsiyalash mexanizmidan foydalanuvchi viruslar
p o -
lim orf viruslar
nomini olgan. Polimorf viruslar (polymorphic)-qiyin
aniqlanadigan viruslar bo‘lib, signaturalarga ega emas, ya’ni tarkibi-
da birorta ham kodining doimiy qismi yo‘q. Polimorfizm faylli,
yuklamali va makroviruslarda uchraydi.
Stels-algoritmlardan foydalanilganda, viruslar o‘zlarini tizimda
to‘la yoki qisman bekitishlari mumkin. Stels-algoritmlaridan
foydalanadigan viruslar -
stels-viruslar
(Stealth) deb yuritiladi. Stels
viruslar operatsion tizimning shikastlangan fayllarga murojaatini
ushlab qolish yo‘li bilan o‘zini yashash makonidaligini yashiradi va
operatsion tizimni axborotni shikastlanmagan qismiga yo‘naltiradi.
Ikkinchi jihat
Dostları ilə paylaş: