IX BOB. OPERATSION TIZIM HIMOYASI 9.1. Operatsion tizim xavfsizligini ta’minlash muammolari Himoyalangan operatsion tizim tushunchasL Axborotni hi-
moyalashning aksariyat dasturiy vositalari tatbiqiy dasturlardir.
Ulami bajarish uchun operatsion tizim (ОТ) tomonidan madadlash
talab etiladi. Operatsion tizim ishlaydigan muhit
ishonchli hisoblash bazasi deb yuritiladi. Ishonchli hisoblash bazasi operatsion tizim-
ning, dasturlarning, tarmoq resurslarining, fizik himoyalash vosita-
larining, hatto tashikiliy muolajalaming axborot himoyasini ta’min-
lovchi elementlaming to‘liq to‘plamini o‘z ichiga oladi. Bulaming
ichida eng asosiysi himoyalangan operatsion tizim hisoblanadi.
Agar u operatsion tizim tahdidlaming asosiy sinfidan himoya-
lanish vositalariga ega bo‘lsa,
himoyalangan hisoblanadi. Himoya
langan operatsion tizim tarkibida foydalanuvchilaming ОТ resurs
laridan foydalanishlarini cheklovchi vositalar hamda operatsion ti
zim bilan ishlashni boshlagan foydalanuvchilaming haqiqiyligini
tekshirish vositalari bo‘lishi shart. Undan tashqari, himoyalangan
ОТ operatsion tizimni tasodifan yoki atayin ishdan chiqarishga
qarshi ta’sir vositalariga ega bo‘lishi shart.
Agar operatsion tizim barcha tahdidlardan emas, balki bir qan-
cha tahdidlardangina himoyalanishni ko‘zda tutsa, bunday ОТ
qis- man himoyalangan deb yuritiladi.
Himoyalangan operatsion tizimni yaratishdagi yondashish- lar. Himoyalangan operatsion tizimni yaratishda ikkita asosiy yon-
dashish mavjud - fragmentli va kompleks.
Fragmentli yondashishda avvalo bitta tahdiddan so‘ngra boshqa tahdiddan va h. himoyalanish
tashkil etiladi.
Fragmentli yondashish qo‘llanilganda, ОТ himoyasi qismtizi-
mi, odatda, turli ishlab chiqamvchilar taqdim etgan boshqa-boshqa
dasturlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Ushbu dasturiy vositalar bir-bi-
riga bog‘liq bo‘lmagan tarzda ishlaydi, ya’ni ulaming o‘zaro uzviy
226
bog‘lanishini tashkil etishi mumkin emas. Undan tashqari bunday
qismtizimning ba’zi elementlari noto‘g‘ri ishlashi mumkin. Natijada
tizim ishonchliligi keskin pasayadi.