xavf sizlik choralariga rioya qilishlari lozimligini uqtirish va ushbu
choralarga rioya qilinishini nazoratlash.
4. Operatsion tizim dasturlari va ma’lumotlarining
rezerv nusxalarini muntazam tarzda yaratish va yangilash. 5. Operatsion tizimning konfiguratsion m a ’lumotlaridagi va xavfsizlik siyosatidagi о ‘zgarishlarni doimo nazoratlash. Ushbu o‘z-
garishlar xususidagi axborotni operatsion tizim xavfsizligini yeng-
gan niyati buzuq shaxsga o‘zining ruxsatsiz harakatlarini niqoblash-
ga qiyinchilik tug‘dirish uchun noelektron axborot eltuvchilarida
saqlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Ta’kidlash lozimki, muayyan operatsion tizimda axborotni
himoyalashning yana boshqa ma’muriy choralari talab etilishi
mumkin.
Nazorat savollari: 1. Himoyalangan operatsion tizim tushunchasi.
2. Himoyalangan operatsion tizimni yaratishdagi yondashish-
lami tushuntirib bering.
3. Himoyalashning ma’muriy choralari nimalami o‘z ichiga
oladi?
9 9.2. Operatsion tizimni himoyalash qismtizimining arxitekturasi Operatsion tizim ni himoyalash qismtizim ining asosiy fu n k - siyalari. Operatsion tizimni himoyalash qismtizimi quyidagi asosiy
fimksiyalami bajaradi:
Identifikatsiya, autentifikatsiya va avtorizatsiya. Himoyalangan
operatsion tizimda har qanday foydalanuvchi (foydalanuvchi sub-
yekt) tizim bilan ishlashdan oldin identifikatsiyani, autentifikatsiya-
ni va avtorizatsiyani o‘tishi lozim. Foydalanuvchi subyektning iden-
tifikatsiyasiga binoan subyekt operatsion tizimga o‘zi xususidagi
identifikatsiyalovchi axborotni (ismi, hisob raqami va h.) bildiradi
va shu tariqa o‘zini identifikatsiyalaydi. Foydalanuvchi subyektning
autentifikatsiyasiga binoan, subyekt operatsion tizimga identifikat
siyalovchi axborotdan tashqari uning haqiqatdan ham foydalanuvchi