Kompleks yondashishda himoya funksiyalari operatsion tizim-
ga uning arxitekturasini loyihalash bosqichida kiritiladi va uning
ajralmas qismi hisoblanadi. Kompleks yondashish asosida yara-
tilgan himoya qismtizimning alohida elmentlari axborotni himoya-
lashni tashkil etish bilan bog‘liq turli masalalar yechilganida bir-biri
bilan uzviy bog‘langan bo‘ladi. Shu sababli himoya qismtizimining
alohida komponentlari orasida ixtilof bo‘lmaydi. Kompleks yonda
shish asosida himoya qismtizimini shunday qurish mumkinki, hatto
ОТ ishdan chiqqanda ham niyati buzuq shaxs tizimning himoya
funksiyalarini o‘chira olmaydi. Fragmentli yondashishda himoya
qismtizimini bunday tashkil etish mumkin emas. Odatda, kompleks
yondashish asosida yaratiluvchi operatsion tizimni himoyalash
qismtizimi shunday loyihalanadiki, uning ba’zi elementlarini al
mashtirish mumkin bo‘ladi.
Himoyalashning m a’muriy choralari. Operatsion tizimni himoyalashning dasturiy-apparat vositalari
himoyaning ma’muriy choralari bilan to‘ldirilishi shart. Ma’mur to-
monidan doimiy malakali madadsiz hatto ishonchli dasturiy-apparat
himoya ham buzilishi mumkin.
Himoyaning asosiy ma’muriy choralari quyidagilar:
1.
Operatsion tizimning, ayniqsa uning himoyalash qismtizimi ning t o ‘g ‘ri ishlashini doimiy nazoratlash. Agar operatsion tizim
eng muhim hodisalaming maxsus jumalda avtomatik tarzda qayd
etilishini madadlasa, bunday nazoratni tashkil etish qulay hisob
lanadi.
2.
Xavfsizlikning adekvat siyosatini tashkil etish va madad- lash. Operatsion tizimda qabul qilingan xavfsizlik siyosatining
adekvat bo‘lmasligi, niyati buzuq shaxsning tizim resurslaridan rux-
satsiz foydalanishiga va operatsion tizimning ishonchli ishlashini
pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Operatsion tizim xavfsizligi
siyosati niyati buzuqning operatsion tizim xavfsizligini yengishga
urinishiga hamda ОТ konfiguratsiyasining o‘zgarishiga, tatbiqiy
dasturlarining o‘matilishiga va yo‘qotilishiga operativ tarzda reak-
siya bildirib, operatsion tizimga doimo tuzatish kiritishi lozim.
227
3. Foydalanuvchilami operatsion tizim bilan ishlaganda