S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Tarmoq funksiyalar.
Zamonaviy operatsion tizimlar, odatda, 
alohida emas, balki lokal va/yoki global kompyuter tarmoqlari tar­
kibida ishlaydi. Bitta tarmoq tarkibidagi kompyuterlarning ope­
ratsion tizimlari turli masalalami, xususan, axborotni himoyalashga 
bevosita daxldor masalalami yechishda o‘zaro aloqada bo‘ladi.
Himoyalanish standartini qanoatlantiruvchi har qanday operat­
sion tizim yuqorida keltirilgan barcha funksiyalami bajaruvchi hi­
moya qismtizimiga ega bo‘lishi shart.
230


Nazorat savollari:
1. Operatsion tizimni himoyalash qismtizimining asosiy funk­
siyalarini ahamiyati nimada?
2. Operatsion tizimda identifikatsiya, autentifikatsiya, avtori- 
zatsiya va foydalanishlami cheklash funksiyalarini tushuntirib be- 
ring.
3. Operatsion tizimda audit va xavfsizlik siyosatini boshqarish 
funksiyalarini yoritib bering.
4. Operatsion tizimda kriptografik fimksiyalar va tarmoq funk- 
siyalarining ahamiyatini tavsiflab bering.
9.3. Axborotni himoyalashda dasturiy ilovalarning qo‘llanilishi
Niyati buzuqning kompyuterdan ruxsatsiz foydalanishi nafaqat 
ishlanadigan elektron hujjatlaming o‘qilishi va/yoki modifika- 
tsiyalanishi, balki niyati buzuq tomonidan boshqariluvchi dasturiy 
zakladkani kiritilishi imkoniyati bilan xavfli. Ushbu dasturiy zaklad­
ka quyidagi harakatlami amalga oshirishga imkon beradi:
- keyinchalik kompyuterda saqlanadigan yoki tahrirlanadigan 
elektron hujjatlarni o‘qish va/yoki modifikatsiyalash;
- elektron hujjatlarni himoyalashda ishlatiluvchi turli muhim 
axborotni tutib olish;
- istilo qilingan kompyuterdan lokal tarmoqning boshqa kom- 
pyuterlarini istilo qilishda asos (plasdarm) sifatida foydalanish;
- kompyuterda saqlanadigan axborotni yo‘q qilish yoki zarar 
keltiruvchi dasturiy ta’minotni ishga tushirish yo‘li bilan kompyu- 
temi ishdan chiqarish.
Kompyuterni ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash axborotni 
himoyalashning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shu sabab­
li, aksariyat operatsion tizimlarga va ommabop dasturiy paketlarga 
ruxsatsiz foydalanishdan himoyalashning turli qismtizimlari o‘ma- 
tilgan. Masalan, Windows oilasidagi operatsion tizimga kirishda 
foydalanuvchilami autentifikatsiyalashni bajarish. Ammo, ruxsatsiz 
foydalanishdan jiddiy himoyalanish uchun o‘matiladigan vositalar- 
ning yetishmasligi shubha tug‘dirmaydi. Shu sababli, himoyalash­
ning standart vositalariga qo‘shimcha tarzda foydalanishni chek-
231


lashning maxsus vositalaridan foydalanish zarur. Bunday maxsus 
vositalami shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
- axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari;
- tarmoqni himoyalashning dasturiy vositalari;
- VPN tarmoqni qurishning dasturiy vositalari;
- himoyalanganlikni tahlillovchi dasturiy vositalar;
- antiviruslar.

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin