S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari -



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Axborotni kriptografik himoyalashning dasturiy vositalari -
mustaqil yoki boshqa tizimlar tarkibida ishlovchi va axborot xavf­
sizligini ta’minlash uchun uni kriptografik o‘zgartirilishini ta’min- 
lovchi ma’lumotlami ishlash tizimining dasturiy va texnik ele- 
mentlari majmui. Quyida ushbu dasturiy vositalarga taalluqli xorijiy 
va mamlakatimiz kompaniyalarining mahsulotlari keltirilgan.
M-506A-XP -
MS Windows 2000/XP/2003/7 operatsion tizim 
boshqamvida ishlovchi lokal hisoblash tarmoqlarida axborotni hi- 
moyalashga mo‘ljallangan dasturiy-apparat kompleks. M-506A-XP 
ikkita asosiy masalani hal etadi: axborotni mxsatsiz foydalanishdan 
himoyalaydi va Rossiya standarti GOST28147-89ga muvofiq, amal­
ga oshirilgan ma’lumotlami kriptografik himoyalashni bajaradi.
Kriptoprovayder KriptoPro CSP 3.6 -
axborotni kriptografik 
himoyalashning sertifikatsiyalangan vositasi bo‘lib, ikkita asosiy 
masalani hal etadi: standart va hamma joyda ishlatiluvchi Microsoft 
firmasining ishonchli Rossiya kriptografiyasili ilovalardan foydala­
nish imkoniyati (korporativ foydalanuvchilar uchun) va Microsoft 
firmasi mahsulotlaridan foydalangan holda yangi, ishonchli himoya­
langan ilovalami yaratish imkoniyati (tizimli integratorlar uchun).
Axborotni himoyalash tizimining Secret D isk
oilasi shaxsiy 
kompyuterdan muayyan foydalanuvchilar uchun himoyalangan ax­
borot eltuvchilarini virtual mantiqiy disklarini tashkil etish yo‘li bi­
lan axborotni himoyalashga imkon beradi. Foydalanuvchilar uchun 
ma’lumotlami shifrlash “shaffof’ rejimida amalga oshiriladi, ya’ni 
axborot yozilishida avtomatik tarzda shifrlanadi, o‘qishda deshifrov- 
ka qilinadi.
Blok xost - ERI -
sertifikatsiyalangan kriptoProCSPdan foy­
dalangan holda MS Windows platformasidagi shifrlash va elektron 
raqamli imzoni yaratish tizimi. MS Windows operatsion tizimiga
232


o‘matilgan boshqa kriptoprovayderlar bilan ham ishlash madad- 
lanadi.
KriptoARM -
kriptografik vositalar bilan ishlashning qulayligi- 
ni ta’minlovchi universal dasturiy ta’minot. KriptoARM axborotni 
ishonchli himoyalashga va Internet tarmog‘i bo‘yicha uzatiladigan 
va turli xil eltuvchilardagi (disketlardagi, flesh kartalardagi, token- 
lardagi) elektron ma’lumotlarning muallifligini kafolatlashga mo‘l- 
jallangan.
HIMFAYL -
fayllami himoyalangan saqlash tizimi shaxsiy 
kompyuterda yoki axborotni tashqi disk eltuvchilarida saqlanuvchi 
papkalar va fayllaming maxfiyligini (konfidensialligini), yaxlitligini 
ta’minlash va ulami ruxsatsiz foydalanishdan himoyalash uchun 
mo‘ljallangan.
E-XAT -
himoyalangan elektron pochta tizimi foydalanuv- 
chilari orasida elektron xabarlami himoyalangan almashishini tash­
kil etishga mo‘ljallangan. Ushbu tizim axborotni kriptografik hi­
moyalash vositalaridan va axborotni kriptografik himoyalash sohasi- 
dagi davlat standarti asosidagi elektron raqamli imzo (milliy krip- 
toprovayder) vositalaridan foydalanadi. E-XAT tizimi uyda ishlash 
uchun uchta tilni madadlaydi: o‘zbek (lotin va kirillitsa), ms (kiril- 
litsa) va ingliz (lotin).

Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin