S. K. Ganiyev, M. M. Karimov, K. A. Tashev


Tanlangan shifrmatn yordamida fosh etish



Yüklə 7,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/249
tarix09.09.2023
ölçüsü7,8 Mb.
#142327
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   249
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017

Tanlangan shifrmatn yordamida fosh etish.
Kriptotahlilchi 
deshifratsiyalash uchun turli shifrmatnlami tanlashi mumkin va 
deshifrlangan ochiq matnlardan foydalana oladi. Masalan, kripto­
tahlilchi avtomatik tarzda deshifrlashni bajaruvchi “qora quti”dan 
foydalana oladi. Kriptotahlilchining vazifasi kalitga ega bo‘lish.
6. 
Tanlangan kalit yordamida fosh etish.
Bu xil fosh etish 
kriptotahlilchi kalitni tanlashi mumkinligini bildirmaydi, balki unda 
turli kalitlar orasidagi bog‘lanish xususida qandaydir axborot borli- 
gini bildiradi.
7. 
Jinoiy kriptotahlil.
Kriptotahlilchi kalitga ega bo‘lish maq­
sadida kimnidir qo‘rqitadi, shantaj qiladi, qiynaydi. Po*axo‘rlik ba’- 
zida kalitni xarid etish yordamida fosh etish deb ataladi. Bu kabi 
qudratli fosh etish usullari algoritmni sindirishning eng yaxshi yo‘li 
hisoblanadi.
Turli algoritmlarga, ulami sindirishning qanchalik qiyinligiga 
bog‘liq holda, xavfsizlikning turli sathlari taqdim etiladi. Algoritmni 
quyidagi hollarda xavfsiz deb hisoblash mumkin:
- algoritmni sindirish qiymati shifrlangan ma’lumotlar qiyma- 
tidan katta bo‘lsa;
- algoritmni sindirish vaqti shifrlangan ma’lumotlaming sir 
saqlanishi shart bo‘lgan vaqtidan katta bo‘Isa;
-bitta kalit yordamida shifrlangan ma’lumotlar hajmi algo­
ritmni sindirish uchun zarur ma’lumotlar hajmidan kam bo‘lsa.
129


Fosh etish murakkabligini quyidagi koeffitsientlar yordamida 
o‘lchash mumkin:
- ma’lumotlar murakkabligi. Fosh etish amalining kirish 
yo‘lida foydalaniladigan ma’lumotlar hajmi;
- ishlash murakkabligi. Fosh etish uchun kerakli vaqt. 
Ko‘pincha ish koeffitsienti deb yuritiladi;
- xotiraga talablar. Fosh etishga kerakli xotira sig‘imi.
Fosh etishning ba’zi amallari uchun koeffitsientlaming o‘zaro 
aloqasi joiz hisoblanadi: tezroq fosh etishga xotiraga talablami 
kuchaytirish evaziga erishish mumkin.
Murakkablik talaygina kattalik orqali ifodalanadi. Muayyan 
algoritm uchun ishlash murakkabligi 2128 ni tashkil etsa, algoritmni 
fosh etish uchun 2128 ta amal kerak bo‘ladi (ushbu amallar murak- 
kab va davomli bo‘lishi mumkin). Masalan, agar hisoblash quvvati 
sekundiga million amal bajarsa va masalani yechish uchun million 
parallel protsessor ishlatilsa, kalitga ega bo‘lish uchun 1019 yildan 
ko‘proq vaqt talab etiladi. Bu koinot mavjud bo‘lgan vaqtdan 
million marta ko‘pdir.
Fosh etish murakkabligi o‘zgarmay qolganida kompyuter quv­
vati oshib boradi. Oxirgi 50 yil mobaynida hisoblash quvvati niho- 
yatda oshib ketdi va ushbu tendensiya davom etishiga shubha yo‘q. 
Aksariyat kriptografik usullar parallel kompyuterlar uchun yaroqli 
hisoblanadi: masalan, milliard kichik fragmentlarga ajratiladiki, 
ulami yechish uchun protsessorlararo ta’siming keragi boimaydi. 
Kriptotizimlarni sindirishga bardoshli loyihalashda hisoblash vosita- 
lari kelajagini hisobga olish zarur.
Nazorat savollari:
1. Kriptotahlil tushunchasi.
2. Kripotahlil usullarini sanab bering.
3. Tahlillash murakkabligini qanday koeffitsientlar yordamida 
o‘lchash mumkin.
130



Yüklə 7,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   249




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin