bir faktorli deb yuritiladi.
Autentifikatsiya jarayonida bir necha faktor ishlatilsa, bunday
autentifikatsiya
ко ‘p faktorli deb yuritiladi. Masalan, autentifikat
siya jarayonida foydalanuvchi smart-kartadan va qo‘shimcha parol-
dan (yoki PIN-koddan) foydalanishi lozim. Ikki faktorli va uch
faktorli autentifikatsiya tushunchalari ham ishlatiladi.
NCSC-TG-017 hujjatda ko‘p faktorli autentifikatsiya turlari
uchun 1,2 xilli, 2,3 xilli va 1,2,3 xilli autentifikatsiya atamalari ki-
ritilgan. 1,2 xilli autentifikatsiya
(bir ikki xilli autentifikatsiya deb
yuritiladi), masalan, autentifikatsiyaning ikki faktorini ishlatadi: bi
rinchi (bir narsani bilish asosida) va ikkinchi (bir narsaga egaligi
asosida).
1,2,3 xilli autentifikatsiya
(bir ikki uch xilli autentifikatsiya deb
yuritiladi), autentifikatsiyaning uchta faktorining kombinasiyasini
ishlatadi (bir narsa bilish asosida, bir narsaga egaligi asosida va
qandaydir daxlsiz xarakteristikalar asosida).
Agar autentifikatsiyalashda bir omilli autentifikatsiya ishlatilsa
bunday autentifikatsiya zaif hisoblanadi. Shu sababli, xavfsizlikning
yuqori darajasini ta’minlash uchun ko‘p faktorli autentifikatsiyadan
foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Bankomatdan foydalanuvchini haqiqiyligini tasdiqlashda ikki
faktorli autentifikatsiya keng tarqalgan. Bu bir vaqtda magnit
hoshiyali karta va PIN-kod ishlatiladi.
Parol - foydalanuvchi hamda uning axborot almashinuvidagi
sherigi biladigan narsa. 0 ‘zaro autentifikatsiya uchun foydalanuvchi
va uning sherigi o‘rtasida parol almashinishi mumkin. Plastik karta
va smart-karta egasini autentifikatsiyasida shaxsiy identifikatsiya
nomeri PIN sinalgan usul hisoblanadi. PIN - kodning maxfiy
qiymati faqat karta egasiga ma’lum bo‘lishi shart.